Isaak Kikoin




Isaak Konstantinovich Kikoin [1908.15(28).3, Jagare sh., hozirgi Litva — 1984] — rus fizigi, akad. (1953). 2 marta Mehnat Qahramoni (1951, 1978). Leningrad politexnika institutini tugatgan (1930). Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, atom fizikasi va texnikasiga oid. Kikoin — Noskov effektini kashf etgan (1933). Suyuq metallarda Xoll effektini birinchi boʻlib oʻlchagan. Metallar va yarimoʻtkazgichlarning elektr va magnit xossalarini tajribada oʻrgangan. Yuqori zichlikdagi simob bugʻining tok oʻtkazuvchanligi metallar oʻtkazuvchanligiga oʻxshash boʻlishini aniqlagan. U I. V. Kurchatov bilan hamkorlikda atom energetikasining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz