Isaac Thelin
Isaac Kiese Thelin (talaffuzi: Isak Kise Telin; 1992-yil 15-sentabrda, Shvetsiyaning Örebro shahrida tugʻilgan) — shved futbolchisi, „Kasımpaşa“ futbol klubi va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Klublardagi faoliyati
Isaac Thelin Örebroning „Karlslund“ futbol klubi akademiyasi bitiruvchisi. 2009-yilda u jamoada debyut qilgan. Ikki mavsum davomida Isaak Shvetsiya quyi divizioni klubida oʻynagan. 2011-yilda u „Norrköping“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Birinchi mavsumda Isaac Thelin musobaqada gʻalaba qozona olmagan. 2012-yil 9-aprelda „Göteborg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Allsvenskan ligasida debyut qilgan. 1-oktabr kuni „GAIS“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Isaac jamoa uchun birinchi golini urgan.
2014-yilning yozida Isaac Thelin „Malmö“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 19-iyul kuni „Kalmar“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Isaak „Malmö“ futbol klubi safida ilk golini urgan. Chempionlar ligasining saralash bosqichi oʻyinlarida Isaac Thelin „Sparta Praha“ va Latviyaning „Ventspils“ futbol klublariga gol urgan va jamoaga turnirning guruh bosqichiga chiqishga yordam bergan.
Xalqaro faoliyati
Isaac Thelin 2015-yilda Shvetsiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Isaak Chexiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan. Turnirda u Daniya, Italiya, Angliya va ikki marta Portugaliyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Italiyaliklarga qarshi kechgan bahsda Isaac Thelin gol urgan.
2014-yilning 15-noyabrida Chernogoriyaga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida ikkinchi bo‘limda Erkan Zengin oʻrniga maydonga tushgan va Thelin Shvetsiya terma jamoasi tarkibida debyut qilgan. 2016-yilning 15-noyabr kuni Vengriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida u terma jamoadagi ilk golini urgan.
2018-yilda Isaac Thelin Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Isaac Thelin Janubiy Koreya, Germaniya, Meksika va Shveytsariya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org