Isaac Hutchinson
Isaac Hutchinson (talaffuzi: Isak Hutchinson) (2000-yil 10-aprelda tugʻilgan) angliyalik professional futbolchi hisoblanadi. Isaac Hutchinson „Walsall“ futbol klubi safida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Yoshligi va shaxsiy hayoti
Isaac Hutchinson Angliyaning Eastbourne shahrida tugʻilgan. Isaac Hutchinson yoshligida Cavendish maktabida oʻqigan.
Faoliyati
Southend United
Isaac Hutchinson oʻzining futbolchilik faoliyatini „Ratton Rangers“ futbol klubida boshlagan. Keyinchalik Isaac Hutchinson „Brighton & Hove Albion“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Isaac Hutchinson „Brighton & Hove Albion“ futbol klubi safida sakkiz yil oʻynagach, 2018-yilning yozida „Southend United“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Bu vaqtdagi transfer davrida Isaac Hutchinson „Sparta Prague“ futbol klubiga qoʻshilish taklifini rad etgan edi. 2018-yil 4-sentyabrda Angliya kubugi doirasidagi uchrashuvda Isaac Hutchinson oʻzining klubdagi ilk oʻyinini oʻtkazishga muvaffaq boʻldi. 2018-yil 15-dekabrda Isaac Hutchinson Angliya ligasidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi
Derby County
2020-yil 2-oktyabr kuni Isaac Hutchinson „Derby County“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2021-yil 9-yanvarda Isaac Hutchinson yangi klubdagi ilk oʻyinini Angliya kubogi doirasidagi „Chorley“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Shundan soʻng, Isaac Hutchinson Angliya Ikkinchi ligasi vakili „Forest Green Rovers“ futbol klubi safiga 2020—2021-yilgi mavsum uchun ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Isaac Hutchinson „Forest Green Rovers“ futbol klubi safida 10 ta oʻyinda maydonga tushdi. Keyin oʻzining asosiy jamoasi „Derby County“ futbol klubi safiga qaytib keldi.
2021-yil 7-avgustda 2021—2022-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida Isaac Hutchinson „Derby County“ futbol klubi safida „Huddersfield Town“ futbol klubiga qarshi kechgan uchrashuvda maydonga tushdi. 2021-yil 10-avgustda Isaac Hutchinson klubdagi oʻzining birinchi golini „Salford City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda raqib darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻldi.
2022-yil 31-yanvarda Isaac Hutchinson Angliya Ikkinchi ligasi vakili „Crawley Town“ futbol klubi safiga mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida qoʻshildi.
Walsall
2022-yil iyun oyida Isaac Hutchinson 2022-yil 1-iyulidan „Walsall“ futbol klubining asosiy tarkibiga qoʻshilishini eʼlon qildi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org