Isaac Bashevis Singer




ZINGER (Singer) Ayzek (Isaak) Bashevis (1904. 14. 7, Polsha, Radzimin — 1991. 24. 7, AQSH, Mayami) — yaxudiy yozuvchisi. Kelib chiqishi polshalik. 1935-yildan AQShda istiqomat qila boshlagan. "Goredagi Iblis" (1935), "Gimpel — ahmoq" (1956), "Qisqa juma kuni" (1965), "Tabaka" (1965), "Kafkaning doʻsti va boshqa hikoyalar" (1969), "Oʻchoq oldidagi hikoyalar" (1971), "Oyina va boshqa hikoyalar" (1975) va b. hikoyalar toʻplamlarining muallifi. "Moskat oilasi" (1950), "Qul" (1957), "Lyublinlik koʻzbogʻlovchi" (1965), "Qoʻrgʻoncha" (1975), "Shosha" (1981) romanlari bor. 3. nasriga xos xususiyat shuki, u oʻz qahramonlarini koʻpincha mubolagʻali holatda tasvirlaydi, aql bovar qilmaydigan mazmun hamda murakkab shakllar uning asarlarida yetakchilik qiladi. Nobel mukofoti laureati (1978).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz