IRRATSIONAL SONLAR



IRRATSIONAL SONLAR – ratsionalmas, ya’ni kasr bilan aniq ifodalab bo’lmaydigan sonlar. Irratsional sonlar davriymas cheksiz o’nli kasrlar bilan ifodalanadi. Irratsional nisbatlarning mavjudligi (masalan, kvadrat diagonalining tomoniga nisbati) qadim zamonlarda ham ma’lum bo’lgan. “Irratsional sonlar” atamasi birinchi marta 16-asrda paydo bo’lgan. Ammo izchil Irratsional sonlar nazariyani 19-asr 2-yarmida nemis matematigi R. Dedekind va boshqa olimlar ishlab chiqqan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz