Irokezlar
Irokezlar (fransuzcha: Iroquois), shuningdek,
xaudenosauni yoki
xodenosauni (inglizcha: Haudenosaunee, yaʼni „uzun uy odamlari“) — irokez tillarida soʻzlashuvchi, AQSh va Kanadada istiqomat qiluvchi indeys xalqlar guruhi. Kolonializm yillarida fransuzlar ularni
Irokez ligasi , keyinchalik
Irokez konfederatsiyasi deb nomlagan. Inglizlar esa ularni
Besh qabila deb atagan: irokezlar sharqdan gʻarbga qarab yurganda moxaklar, oneydalar, onondagagalar, kayyugalar va senekalardan iborat boʻlgan. 1722-yildan keyin irokez tilida soʻzlashuvchi tuskaroralar ham konfederatsiyaga qoʻshilgan, natijada bu xalqlar
Olti qabila deb nomlana boshlangan.
Irokezlar hukmronligi choʻqqisiga chiqqan 1700-yil atrofida ular Buyuk koʻllar boʻylab bugungi kundagi Nyu-York shtatidan hozirgi Ontario va Kvebekkacha boʻlgan hududni, janub yo'nalishida hozirgi Virginiya va Kentukki shtatlari hamda Ogayo vodiysigacha boʻlgan hududni boshqarishgan.
Yevropaliklarga maʼlum boʻlgan Saint-Lavrens irokezlari, guronlar, erilar, saskuexannoklar qabilalari ham irokez tilida soʻzlashgan. Keng maʼnoda ular ham irokezlar hisoblanadi, chunki ularning barchasi proto-irokez xalqlardan kelib chiqqan. Ammo ular tarixda Irokez ligasi xalqlariga qarshi kurashgan.
2010-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Kanadada 60 ming nafar, AQShda esa 81 ming irokezlar istiqomat qiladi. Irokezlarning aksari ibtidoiy diniy aqidalarga sigʻinadi, ayrimlari yevropaliklar istilosidan keyin xristian dinini qabul qilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org