IROKEZLAR



IROKEZLAR – 1) AQSh va Kanadadagi indeys xalqlari guruhi (Irokezlar petunlar, guronlar, chirokilar va boshqalar). Irokez tilida so’zlashadilar. 17-18-asrlarda ko’pchilik xalqlar Irokezlarga qo’shilib ketgan; 2) Irokezlar (o’zlarini xodenosauni deb ataydilar) AQSh (Nyu-York va oklaxoma Shtatlarida 60 ming kishi, 1990-yillar o’rtalari) va Kanada (Ontario va Kvebek viloyatlarida 30 ming kishi) dagi Irokezlar guruhlaridan iborat xalq. Mongoloid irqiga mansub. Ibtidoiy diniy aqidalarga sig’inadilar, xristianlar ham bor. 16-18-asrlarda Seneka, Xayuga, Onondaga, oneyda, mogauklardan tashkil topgan “irokez ligasi” deb atalmish qabilalar ittifoqini tuzganlar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz