Irokez Tillari




Irokez tillari - AQShning shim.sharqiy qismi va Kanadaning unga qoʻshni hududlaridagi Shim. Amerika indeyslari tiliga yaqin qardosh tillar. I. t. oʻz tarkibiga irokez, eri, seneka, oneida, tuskarora, mogavk, guron va cheroki tillarini birlashtiradi. I. t. kadlo, pavni, arikara va b. tillar bilan (AQSH markaziy qismidagi) irokua-kaddo oilasini tashkil etadi va oʻz navbatida kattaroq til oilasi — xoka-siuga birlashadi. I. t. fonetika tizimida 20 fonema bor, bularda vokallik kuchli. Feʼllar polisintetik, affikolarga boy, inkorporatsiyadan foydalanadi. Bu gapning asosini tashkil etadi. I. t. da soʻz yasash rivojlangan. Cheroki tilida boʻgʻin-yozuv mavjud. Bu yozuv 19-asr boshlarida Sekvoyya ismli indeys tomonidan yaratilgan boʻlib, 85 belgidan iborat.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz