Iroda Iskandarova
Iskandarova Iroda Karimovna — 1972-yil 30-oktyabrda Xorazm viloyati, Xonqa tumanida tavallud topgan. U sanʼatsevar oilada tugʻilgan boʻlib, uning ota-onasi sanʼatni juda yaxshi koʻrishgan. Onasi shifokor boʻlishiga qaramasdan, ikkinchi kasbi hisoblangan xorazm folklyor yoʻnalishdagi xalfachilik janrida qoʻshiq ham kuylar edi. Bu janrda garmon doira joʻrligida jonli ijro etiladi. Yosh Iroda 5-sinfdan boshlab onasini yonida doira chalib yurar edi. Oʻsha davrdanoq Irodada saʼnatga mehr uygʻongan boʻlsa ne ajab. Bu olamga tobora qiziqib borgan xonandamiz asta-sekin onasidan xalfachilik janrida dars olishni boshlagan. 8-sinfdan esa oʻzi garmonda qoʻshiq kuylab, shu yilning oʻzida, yaʼni 1987-yil ilk albomini ʻʻArka qizlarʼ’ nomi bilan keng ommaga taqdim etgan.
Sanʼatdagi bilimini kuchaytirish maqsadida 1987-yili Al-Xorazmiy nomidagi Urgench pedagogika bilim yurtining musiqa boʻlimiga oʻqishga kiradi. Ushbu maskanda u musiqa sir-asrorlarini oʻrgana boshlaydi.
Toshkentdagi 2-albomi 2008-yili Ohlarim nomi bilan chiqdi. Shu kunga qadar juda koʻp konsertlarda, davlat tadbirlarida ishtirok etgan. Oʻzbekiston boʻylab, barcha viloyatlarda yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etib, juda katta muvaffaqiyatlar qozongan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org