Irmoq




Irmoq — katta daryoga quyiladigan daryo, soy, jilgʻa. Odatda, Irmoq oʻzi quyiladigan daryodan kamsuv, shuningdek, vodiysi boshqa tomonga yoʻnalgan boʻladi. Koʻl va b. ichki suv havzalariga quy-iladigan daryolar ham baʼzan Irmoq deyiladi. Geografik adabiyotlarida 1-, 2-, 3- va hokazo tartibli irmoklar farq kilinadi. Mas, biror daryoga bevosita qoʻshiladigan soylar 1- tartibli Irmoqlar, bu soylarga quyiladiganlari 2-tartibli Irmoq lar deyiladi va h. k. Ayrim turkiy tillarda, jumladan, usmonli turklar tilida Irmoq deganda umuman daryo tushuniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz