IRMOQ



IRMOQ — katta daryoga quyiladigan Daryo, soy, jilg’a. Odatda, Irmoq o’zi quyiladigan daryodan kamsuv, shuningdek, vodiysi boshqa tomonga yo’nalgan bo’ladi. Ko’l va boshqa ichki suv havzalariga quyiladigan daryolar ham ba’zan Irmoq deyiladi. Geografik adabiyotlarida 1-, 2-, 3 – va hokazolar tartibli irmoqlar farq qilinadi. Masalan, biror daryoga bevosita qo’shiladigan soylar 1 – tartibli Irmoqlar, bu soylarga quyiladiganlari 2-tartibli Irmoqlar deyiladi va hokazolar. Ayrim turkiy tillarda, jumladan, Usmonli turklar tilida Irmoq deganda umuman Daryo tushuniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz