Irma dovuli




Irma dovuli — 5-darajali kuchli atlantik tropik sikloni. 2010-yilgi "Juliya" dovulidan soʻng, birinchi eng katta sharqiy Atlantik okeanida paydo boʻlgan dovul va 2017-yilgi Atlantik dovullar mavsumining ikkinchi yirik dovuli. Tarixdagi 5-darajali dovulardan eng koʻp davom etgani va atlantika dovularidan eng kuchlisi.

Irma — Afrika mintaqasida kuchli tropik toʻlqinlar chiqishida Kabo-Verde orollarida 30-avgust 2017-yili paydo boʻlgan. Qulay sharoitlar sababli 24 soat ichida Irma dovuli ikkinchi daraja xavfiga tushdi. 5-sentabr kuni Irma juda yirik 5-darajali dovulga aylandi. Shamolning tezligi 295 km/s yetdi (shamolning kuchayishi 360 km/s yetdi), bu Irmani eng kuchli atlatik tropik sikloniga aylatirda, 2005-yilgi "Vilma" dovuli paytidan soʻng.

Irma dovuli Barbuda, Sen-Bartelemi, Sen-Marten, Angilya, Virginiya orollari, Terks va Kaykos va Bagama orollarining janubiy hududida juda ogʻir vayronalarga olib keldi. Barbuda va Sen-Martenda dovul 90% binolarni xonavayron qilgan, yarimidan koʻp odam uysiz qolgan. Sint-Martenda Juliana Malikasi Xalqaro Aeroporti barbod boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra 8-sentabrda 23 kishi halok boʻlgan.

8 va 9-sentabr tuni dovul Kubaning shimoliy qirgʻoqlariga yetgan va orolning qirgʻoq chizigʻi tomon yoʻl olgan. Shimoliy sharq provinsiyalari ancha vayron boʻlgan. Etralab 10-sentabr kuni u Floridaga yetib borishi kerak. Shtatning janubida 5,6 million odam evakuatsiya qilingan. Shu sabab Mayami dovul vaqtida sharpa-shaharga aynaldi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz