Irlandiyalik




Irlandlar (oʻzlarini erinnax deb ataydilar) — xalq. Irlandiyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 7,8 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), jumladan Irlandiyada 3,4 mln. kishi, Buyuk Britaniyada 2,5 mln. kishi, AQSH va Kanadada ham yashaydilar. Yevropeoid irkiga mansub. Irland va ingliz tillarida soʻzlashadilar. Dindorlari — asosan, katoliklar.

Irland elati (10— 12-asrlarda shakllangan) ning asosini kelt tillarida soʻzlashuvchi gellar tashkil qilgan, ular orolga mil. av. 4-asrda koʻchib kelib orolning qadimgi aholisi bilan aralashib ketgan. Gellarning ijtimoiy tizimi — patriarxal urugʻlar — klanlar Irlandlarda 16—17-asrgacha, baʼzi urf-odatlari esa 19-asrgacha saklanib qolgan. Irland millati inglizlar mus-tamlakasi sharoitida 18—19-asrlarda shakllana boshlagan. 1921-yil mustaqil Irlandiya davlati barpo etilgach, irland tili rasmiy til sifatida eʼtirof etilgan. Irlandlarning aksariyati qishloq xoʻjaligi bilan band.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz