Irlandiya dengizi
Irlandiya dengizi - Atlantika okeani dengizi. Buyuk Britaniya oroli bilan Irlandiya oroli oraligʻida shimolda va San-Georg boʻgʻozlari orqali okean bilan tutashgan. Materik sayozligida joylashgan. Maydoni 47 ming km. Chuqurligi 157 m gacha. Yirik orollari: Men va Anglsi. Qirgʻoqlarida qoʻltiqlar koʻp. Yil davomida gʻarbiy shamollar esib turadi. Qishda boʻronlar boʻladi. Suv temperaturasi qishda 5°—16°. Shoʻrligi 32%O— 34,5%. Suv sathining koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanib, balandligi 8,4 m ga yetadi. Baliq ovlanadi. Yirik portlari: Liverpul (Buyuk Britaniya) va Dublin (Irlandiya).
Manbalar
uz.wikipedia.org