Irlandiya ayollar milliy ligasi




Irlandiya ayollar milliy ligasi (qisqartmasi: WNL; irl.: Sraith Náisiúnta na mBan) Irlandiya Respublikasidagi ayollar futbol assotsiatsiyasining yuqori darajadagi ligasi. Irlandiya ayollar milliy ligasi Irlandiya Futbol Assotsiatsiyasi va Irlandiya Ayollar Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan birgalikda tashkil etilgan. LFAI (Irlandiya ayollar futbol assotsiatsiyasi) ilgari 1970 va 1980-yillarda Irlandiya ayollar ligasi deb nomlanuvchi ayollar milliy ligasini tashkil qilgan. Joriy Irlandiya ayollar milliy ligasi 2011-yilda tashkil etilgan. Irlandiya ayollar milliy ligasining ilk gʻolibi Peamount United jamoasi edi. Irlandiya ayollar milliy ligasi gʻolib jamoasi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasiga yoʻllanma oladi.

Tarixi



Irlandiya ayollar ligasi



Irlandiya ayollar futbol assotsiatsiyasi birinchi marta 1973-yilda ayollar milliy ligasini tashkil qilgan. Bu liga Irlandiya ayollar ligasi nomi bilan tanilgan. Dastlab Irlandiya ayollar ligasida oʻn ikkita jamoa ishtirok etishga taklif qilingan. Ular orasida Dundalk, Finn Harps, Cork Celtic, Limerick va Sligo Rovers kabi Irlandiya erkaklar ligasi klublari bilan bogʻlangan bir nechta jamoalar bor edi. Boshqalar qatoriga Benfica, Evergreen, Avengers (Dublin), Cahir Park (Tipperary) va Galway shahrining uchta jamoasi — Beejays, Happy Wanderers va Wasps jamoalari ham Irlandiya ayollar ligasiga kirdi.

Irlandiya ayollar ligasi 1973-yil mart oyida boshlangan va ligada jamoalar oʻttiz besh daqiqalik boʻlimlarni oʻtkazishgan.

Irlandiya ayollar milliy ligasi



Hozirgi ayollar milliy ligasi 2011-2012 yillarda tuzilgan. Dastlab yettita klub Irlandiya ayollar milliy ligasiga qoʻshilishga taklif qilingan edi. Ular orasida Peamount United, Castlebar Celtic, Cork Womenʼs FC, Raheny United, Shamrock Rovers, Wexford Youths va Bray Wanderers jamoalari bor edi. Irlandiya ayollar milliy ligasi UEFA moliyaviy koʻmagida tashkil etilgan. Yigirma oltita klub Irlandiya ayollar milliy ligasining ilk mavsumiga qoʻshilish uchun ariza topshirgan edi, lekin faqat 7 ta jamoa qabul qilindi. „Pimaunt United“ Irlandiya ayollar milliy ligasining ilk chempioni bo‘ldi va ikkinchi o‘rindagi „Reyni United“ jamoasidan 3 ochkolik farq bilan chempion bo‘ldi. Keyingi ikki mavsumda, 2012-2013 va 2013-2014-yilgi mavsumlarda, Raheny United jamoasi Irlandiya ayollar milliy ligasi chempioni boʻldi.

Irlandiya ayollar milliy ligasi 2013-yil oktabr oyida Stephani Rochening „Peamount United“ jamoasi safida Wexford Youths jamoasiga qarshi o‘yinda urgan golidan so‘ng xalqaro eʼtiborga sazovor bo‘ldi va bu gol YouTubeʼda tarqalib ketdi. Bu vaqtda Irlandiya ayollar milliy ligasi oʻyinlari televideniyeda koʻrsatilmagani uchun gol tasvirini jamoa bosh murabbiyi Eileen Gleeson internetga yuklagan.

2017: Yangi oʻzgarishlar
2016-yilda Irlandiya ayollar milliy ligasi avgustdan dekabrgacha qisqartirilgan mavsumga oʻtkazildi. Unga koʻra Irlandiya ayollar milliy ligasidagi har bir jamoa 14 ta oʻyin oʻtkazdi. 2017-yildan boshlab Irlandiya ayollar milliy ligasi yozgi ligaga aylantirildi.

Irlandiya ayollar milliy ligasi oʻzining 10 yilligini 2021-yilda yangi homiy (SSE Airtricity) tashkilot bilan nishonladi. Irlandiya ayollar milliy ligasi Irlandiya erkaklar ligasi bilan bir xil homiyga ega.

2022-yilgi mavsum jamoalari




Homiylik



2011-2012 va 2013-2014-yilgi mavsumning oxiri oraligʻida Irlandiya ayollar milliy ligasiga Bus Éireann kompaniyasi homiylik qilgan. 2014-yil 20-avgustda Aviva stadionida Continental Tyres kompaniyasi Irlandiya Respublikasidagi ayollar futbol assotsiatsiyasi uchun kengroq homiylik shartnomasi doirasida Ayollar milliy ligasi va FAI ayollar kubogining yangi bosh homiysi sifatida eʼlon qilindi. 2019-yil 5-mart kuni Irlandiya ayollar milliy ligasining toʻqqizinchi mavsumi boshlandi va bu mavsumda Só Hotels tashkiloti yangi homiy sifatida eʼlon qilindi. 2020-yilda Irlandiya ayollar milliy ligasida asosiy homiysi yoʻq edi, chunki Só Hotels tashkiloti oʻtgan mavsumdagi homiylik shartnomasini yangilashni rad etgandi.

2021-yil yanvar oyida Irlandiya ayollar milliy ligasi oʻziga yangi bosh homiyni jalb qilishni rejalashtirdi va SSE Airtricity (Irlandiya erkaklar ligasi homiysi) bilan amaldagi shartnoma imzoladi. Irlandiya Banki ham Irlandiya ayollar milliy ligasi va WNLning assotsiatsiya yordamchi homiysi sifatida uch yillik shartnoma imzoladi.

Chempion jamoalar roʻyxati




WNL kubogi chempionlari




"WNL Shield" kubogi chempionlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz