Iris Kadrić
Iris Kadrić (talaffuzi: Iris Kadrich; 1994-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) — futbolchi, hujumchi. Shvetsiyada tugʻilgan futbolchi toʻrt marta Bosniya va Gersegovina ayollar terma jamoasida oʻynagan.
Shaxsiy hayoti
Kadrić Shvetsiyaning Boras shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi Saraevoda (oʻsha paytda Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi, hozirgi Bosniya va Gersegovinaning bir qismi) tugʻilgan, ammo Bosniya urushi tufayli 1992-yilda Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan. Kadrić ikki fuqarolikka ega boʻlgani uchun u Shvetsiya yoki Bosniya va Gertsegovina termalarida oʻynash huquqiga ega edi.
Faoliyati
Klubda
15 yoshida Kadrić Falköpings KIK U17 bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik u kattalar jamoasida oʻynadi. 2011-yilda Kadrić Shvetsiya 1-divizionida „Falköpings KIK“ safida 19 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan. Kadrić Shvetsiyaning IK Frisco va Herrlyunga jamoalarida ham oʻynagan. 2013-2014-yilgi mavsumda Kadrić Bosniya va Gersegovina ayollar Premer-ligasi SFK 2000 jamoasida oʻynagan va u bilan 2013-2014-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida uchta oʻyinda maydonga tushgan. 2015-yilgi mavsumda u Shvetsiyaning 1-divizioni Skövde KIK jamoasiga qoʻshildi. 2015-yil iyun oyida terma jamoa safida o‘ziga jarohat yetkazib oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi.
Terma jamoada
Kadrić Shvetsiya U17 terma jamoasida oʻynagan. Keyin U19 jamoasida oʻynash uchun Bosniya va Gersegovinaga terma jamoasiga oʻtishga qaror qilgan. Oʻshanda u kelajakda ham Shvetsiya kattalar jamoasida oʻynashni xohlashini aytdi. Bosniya va Gersegovina U19 terma jamoasida 2012-yilgi UEFA U-19 Ayollar chempionati birinchi saralash bosqichida oʻynagan, Moldova U19 termasiga qarshi oʻyinda ikki marta gol urgan va 2013-yilgi UEFA U-19 Ayollar chempionati birinchi saralash bosqichida Chexiya Respublika U19 ga gol urgan. U birinchi marta 2013-yil iyul oyida Bosniya va Gersegovina ayollar futbol terma jamoasiga chaqirilgan. Milliy terma jamoa safida 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati saralash bosqichida, Shotlandiya, Shvetsiya, Shimoliy Irlandiya va Farer orollariga qarshi oʻyinlarni oʻtkazdi
Manbalar
uz.wikipedia.org