Irina Matvienko




Irina Aleksandrovna Matviyenko (1982-yil 13-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik jurnalist, aktivist, bloger, ayollarga nisbatan zoʻravonlik haqida hikoya qiluvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi. Oʻzbekistonda sodir etilayotgan ayollarga nisbatan zoʻravonliklarga qarshi harakat qiluvchi huquq himoyachisi. NeMolchi.uz loyihasi ortidan bir necha oʻlim tahdirlari nishoniga aylangan. Shu bois, bloger Oʻzbekistonni tark etadi hamda Gruziyada yashashga qaror qiladi. Ozodlik.orgga bergan intervyusida Oʻzbekistonga qachondir qaytishini taʼkidlaydi.

2019-yilda Saxarov stipendiyasi tomonidan moliyalashtirilgan Yevropa parlamenti & Venetsiya Inson huquqlari maktabi hamkorlikdagi tadbirida qatnashish uchun 14 nafar inson huquqlari himoyachilaridan biri sifatida tanlangan. 2022-yilgi „Future Leaders Invitation Program“ (Kelajak liderlarni jalb qilish dasturi) laureati.

Oʻlim tahdidi



Irina Matviyenko 2023-yilning 24-aprel sanasida Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali nomaʼlum shaxs tomonidan o‘lim tahdidiga duch keladi. U bu haqida mahalliy ichki ishlar boʻlimiga 28-aprel kuni xabar beradi. 3-may sanasida esa O‘zbekistonni vaqtincha tark etgani haqida eʼlon qildi.

Tahdid xabari olinganida va undan keyingi kunlarda oʻzini qanday his qilganligi haqida bloger shunday deydi:

Oʻlim bilan tahdid qilishgandan so‘ng, xatti-harakatlarim o‘zgardi. Avvaliga buni kimningdir ahmoqona hazilidek qabul qilmoqchi bo‘ldim, biroq yolgʻiz qolish yoki ofisga yolgʻiz borish qo‘rqinchli tuyulardi. Erimdan biz ishlayotgan joylarga chiroq o‘rnatishni so‘radim. Psixolog bilan suhbatlashganimdan soʻng, bir necha haftaga mamlakatni tark etishni koʻzladim. Psixolog shu yilning bahorida ruhiy kasalliklarning odatdagidan ko‘proq kuchayganini va tahdid qilgan shaxs meni o‘ldirishi mumkinligini aytganidan soʻng, mamlakatni tark etishga qatʼiy qaror qildim.

— Irina Matviyenko
OAV feministga qilingan tahdidga sabab oʻlaroq Xorazm viloyatidagi mansabdor shaxslarning 3 nafar voyaga yetmagan qizlarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilgan holatini keltirishadi. Chunki aynan nemolchi.uz loyihasi ushbu zoʻravonlik haqida eng birinchilardan boʻlib bong urib chiqqan nashrlardan biri boʻlgan.

Zoʻravonlikka uchragan qizlarga nisbatan deputatlarning pozitsiyadan xafsalasi pir boʻlgan Matvienko shunday deydi:

Deputatlar va senatorlar bizga 15 yoshli qizlarning buzuq va yengiltak ekanliklari haqida dalillar keltira boshlashdi. Oʻzingiz oʻylab koʻring, agar biror qiz bir erkak bilan toʻshakka yotsa, bu uning oʻzi avvaldan buzuq ekanligini bildirmaydi-ku!

— Irina Matviyenko

Mukofotlari



Bloger 2020-yilning 7-dekabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Adliya vazirligi tashabbusi bilan „Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida“gi Prezident Farmoni asosida taʼsis etilgan „Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan. Bu unvon bilan taqdirlanganlar bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilishadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Irina Matvienko haqida uzunroq ma'lumot taqdim etish uchun biroz ko‘proq kontekst kerak bo‘ladi, chunki bu ism keng tarqalgan bo‘lishi mumkin va turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ko‘plab odamlar bo‘lishi mumkin. Iltimos, quyidagi savollarga javob bera olsangiz, sizga aniq va to‘liq ma’lumot taqdim eta olaman:

  1. Irina Matvienko kim: yozuvchi, san’atkor, olim, sportchi yoki boshqa sohada faoliyat yuritayotgan shaxsmi?
  2. Qaysi mamlakat yoki shahar bilan bog‘liq?
  3. Sizga qaysi jihatlari haqida ma’lumot kerak: tarjimai holi, ish faoliyati, muvaffaqiyatlari, shaxsiy hayoti yoki boshqa?

Agar sizda Irina Matvienko haqida qo‘shimcha ma’lumot bo‘lsa yoki aynan shu ismga oid ma’lum bir shaxs haqida so‘rayotgan bo‘lsangiz, iltimos, bildirishingiz mumkin. Shunda sizga yanada to‘liq va aniq ma’lumot taqdim etishga harakat qilaman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz