Irina Krush
Irina Borisivna Krush (ukraincha: Ірина Борисівна Круш Krush; 1983-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — 2013-yilda FIDE grossmeyster (GM) unvonini olgan amerikalik shaxmatchi. U 2022-yil avgust holatiga koʻra AQShda oʻynab GM unvonini qoʻlga kiritgan yagona ayol. Krush sakkiz marta AQShning ayollar oʻrtasidagi shaxmat musobaqalari chempioni boʻlgan.
Yoshlik paytlari va faoliyati
Irina Krush SSSRning Odessa shahrida (hozirgi Ukraina) tugʻilgan. U besh yoshida shaxmat oʻynashni oʻrgangan va oʻsha yili (1989-yil) ota-onasi bilan Bruklinga koʻchib oʻtishgan.
14 yoshida Krush 1998-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi AQSh chempionatida gʻolib chiqib, AQSh tarixidagi eng yosh ayollar chempioniga aylanadi. U 2007, 2010, 2012, 2013, 2014, 2015 va 2020-yillarda jami yetti marta chempionlikni qo‘lga kiritadi.
Krush 1999-yilda „Kasparov dunyoga qarshi“ nomli shaxmat musobaqasida qatnashgan. Shuningdek, Krush 2008-yilda Niderlandiyaning Veyk-an-Zi shahrida boʻlib oʻtgan 14 oʻyinchi ishtirokidagi „Corus Chess“ turnirining „C“ guruhida ishtirok etadi. U beshta gʻalaba (shu jumladan yakuniy gʻolib Fabiano Karuanaga qarshi), toʻrt durang va toʻrtta magʻlubiyatdan soʻng 7/13 ball toʻplagan holda beshinchi oʻrinni egallaydi.
2013-yilda u 2001-yildagi NYC Mayor’s Cup xalqaro GM turniridagi, 2013-yilda ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jamoaviy jahon chempionati va 2013-yil Baku Open turniridagi natijalari tufayli grossmeyster unvoniga sazovor boʻladi.
2022-yilda u 2022-yilgi Amerika kubogiga (ayollar maydonida) juftlik yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.
Jamoa musobaqalari
Krush 1998-yildan beri ayollar shaxmat olimpiadasida AQSh terma jamoasi safida o‘ynab kelmoqda. AQSh terma jamoasi safida 2004-yilda kumush medalni va 2008-yilda bronza medalini qoʻlga kiritadi. Shuningdek, u 2009 va 2013-yillarda shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jamoaviy jahon chempionatida AQSh terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.
U 2015-yilda AQSh shaxmat ligasida Manhattan Applesauce jamoasiga oʻtadi. U ilgari Nyu-York Knights jamoasida oʻynagan edi (2005-2011, 2013). Krush va uning sobiq eri, kanadalik grossmeyster Paskal Charbonneau Birlashgan Qirollik ligasida Guildford-ADC turnirida ham oʻynagan.
Jurnalistlik faoliyati
Krush tez-tez Chess Life jurnali va uschess.org saytlariga maqolalar yozib turadi. Uning 2013-yilda grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgani haqidagi maqolasi o‘sha yili „AQSh shaxmatining eng yaxshisi namoyondasi“ deb topiladi.
Yutuqlari
Manbalar
uz.wikipedia.org