Irik Musin
Irik Xarasovich Musin — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.
Biografiyasi
Irik Xarasovich Musin 1923-yilda Avtonom Tatar Sotsialistik Sovet Respublikasining Bugulma shahrida tug‘ilgan. U KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hamda Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi hisoblangan.
Musin 1946-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1946-1990-yillarda Paxtaobod tuman ijroiya qo‘mitasi instruktori, prorabi va katta prorabi, „Sredazximmash“ zavodida muhandis, instruktor; O‘zbekiston Kompartiyasi Chirchiq shahar qo‘mitasining ikkinchi kotibi; „Tashselmash“ zavodi bosh muhandisi, direktori hamda SSSRning 50 yilligi nomidagi zavodning „Toshkent traktori“ korxonasi direktori lavozimlarida xizmat ko‘rsatgan.
Shuningdek, Irik Xarasovich O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 10- va 11-chaqiriqlari deputati etib saylangan.
Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Musin 2020-yilda Toshkentda vafot etgan.
Havolalar
uz.wikipedia.org