Iridotsiklitlar
Koʻz tomirli qavatning rangli pardasi (iris) yalliglanganda iritis, kipriksimon tana (corpus ciliaris)
yalligʻlanganda ciclitis va uning xususiy qismi (chorioidea) yalligʻlanganda
chorioiditis deyiladi. Koʻz soqqasi tomirli
pardasining dastlabki ikki qismining tomirlari yagona va taʼminlanishi umumiy bolgani uchun koʻpincha oʻtkir va tez boshlanadigan irit, 2-3 kun orasida siklit ham boshlanib, iridotsiklit paydo boʻladi, lekin yalligianish jarayoni uning uchinchi qismi — xorioideyaga tezlik bilan olmaydi, chunki u boshqa qon tomirlar sistemasidan taʼminlanadi. Keyinchalik yalligianish unga ham
oiganda iridociclohGrioiditis deyiladi. Ilgari koʻz soqqasining tashqi qavati sklerani olib tashlab qaraganda koʻz koʻruv nerviga osilib turgan
bir dona qora tut (uvea) ni eslatgani uchun tomirli parda (uvea) deyilgan, iridotsikloxorioiditni qisqaroq qilib panuveitis deyilgan.
Iridotsiklitni oldi uveit, xorioiditni orqa uveit ham deyilgan.
Panuveitning sabablari koʻpincha endogen sil, toksoplazmoz, zaxm,
revmatizm, uchuq, gripp, allergiya, immun va autoimmun
jarayonlardir. Shu munosabat bilan koʻzga tushgan infeksiyalar
tomirU parda ichiga asta-sekin anafilaktik taʼsir oikazib surunkali
uveitga sabab boiadi. Aseptik iridotsiklitlar ham boʻlib, ular keratitlar
taʼsiri ostida vujudga keladi. Masalan, loyqalangan koʻz gavhari
membranasi orqah siqadigan fakolitik toksinlar taʼsiridan paydo
boladigan surunkali iridotsiklit autoimun iridotsiklit hisoblanadi.
Ekzogen sababar.- viruslar, koʻz shikastlanganda paydo
boladigan banal infeksiyalar (strepto- stafilo- pnevmokokklar) oʻtkir
iridotsiklitga olib keladi. Bunda paydo boladigan yalligianish
jarayoni ekssudatli, fibrinli, yiringli va gemorragik bolishi mumkin.
Iridotsiklitlarning klinik belgilari — koʻzning yoruglikka qaray
olmashgi, koʻzda sanchiq turishi, uning yoshlanishi, koʻz tirqishlning
refleks sababli qisilib torayishi, perikorneal va aralash inʼektsiyalaming
paydo boʻlishidadir. Shuningdek, rangdor parda rang-tusi va naqshlari
jilosining oʻzgarishi, qorachiqning torayishi bilan namoyon boiadi.
Bunda klinik simptomlarning asosida yalliglanishning 5 klassik belgilar yotadi:
Shu belgilar sababli toʻqroq noaniq rang, koʻk rang va qoʻy koʻz rangli irislar zanglagan buyumga oʻxshash qizgʻish sariq tus oladi. Paydo boʻlgan shish esa iris jiloli naqshlarni yoʻq qiladi va qorachiqning
osongina kengayish-torayish faoliyatini susaytiradi va bora-bora soʻndiradi. Natijada torayib qolgan qorachiqning qirralari (infiltrat sababli) gavhar oldi sathi membranasiga nuqta-nuqta shaklida
yopishib sinexiya (synechia) beradi.
Agar iriodotsiklit sil yoki toksoplazmozdan bolsa, keng va chuqur
plastik yopishiqlarni uzib, qorachiqni kengaytirish uchun koʻzga
atropin tomiziladi, baʼzan sinexiyalardan bir-ikkitasi uzilmasa,
qorachiqning shakli buzilib, uning markaziga nisbatan qop-qora
ingichka nayzachaga yoki nayza tortganga oʻxshab qoladi.
Yalligianish zoʻraygan sari qorachiq qirrasining hammasi yopishib,
aylana sinexiya (seclusio), ekssudatsiya yana koʻpaygach, qorachiq
qizglsh-sariq rangga kirib, ekssudat bilan butunlay bekiladi. Bu
occlusio pupilae deyiladi. Natijada koʻz ichi suyuqligi oʻtish yollari
bekilib, koʻz bosimi koʻtariladi, rangdor parda qorachiq atrofida bir
oz doʻppayib (iris bombe) iris bombaga oʻxshab doʻppayib qoladi va
ikkilamchi glaukoma paydo boiadi. Baʼzan koʻz oldi kamerasi tubida
qon koʻrinishi mumkin.
Yalligianish irisdan kipriksimon tanaga oʻtganini koʻzning
lo ʻqillab og ʻriy boshlaganidart bilinadi. Bu og4riq kechasi juda zoʻrayib
bemorni juda bezovta qiladi. Atrofdagi qon tomirlar aralash
inʼektsiyasi qalinlashib binafsha rang tus oladi. Koʻzni palpatsiya
bilan tekshirganda bemor qattiq ogʻriq sezadi. Koʻz ichi bosimi esa
normadan pastga tushgan boiadi. Shox pardaning orqa sathida
choʻkma donachalar (precipitat) paydo boiib, ularning maydaroq,
yengilroqlari yuqoriroqda (markazga yaqin) va yirikroq, oglrroqlari
pastroqda (limbga yaqin) qator terilib yotib (116-rasm), oʻtkir
choʻqqili uchburchak shaklidagi oʻziga xos koʻrinishni beradi. Sil
va toksoplazmozli iridotsiklitda bu choʻkma donachalar yirik va
tolaroq sarglsh tusli boiadi. Revmatizm sababli iridotsiklitda esa
bu donachalar maydaroq, yupqaroq va baʼzan pigmentli boiadi.
Koʻz oldi kamerasida steril (mikrobsiz) yiring- gipopion (hypopion)
paydo boiadi.
Yuqorida yozilgan simptomlar yiglndisi asosida iridotsiklit
diagnozi qoʻyiladi. Bunday bemorlar zudlik bilan statsionarga
joylashtirilib, toliq klinik laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilishi
lozim. Kasallik kelib chiqishining asosiy sababi aniqlangach, umumiy
dori-darmon va koʻzga tegishli dorilar: dezinfeksiyalovchi,
soʻriltiruvchi dorilar bilan bir qatorda, qorachiqni kengaytiruvchi
atropin, skopolaminning 1 foizli eritmasidan qorachiqni tezroq va
yaxshiroq kengaytirish uchun tomiziladi.
Umuman ekssudativ — yopishqoq (plastik) iridotsiklitlar
tuberkulyozga taalluqli boiib, bunda odatda surunkali oʻtadigan
yalligianish tezlik bilan ichkariga surilib, toliq panuveitga aylanadi.
Agar tuberkulyoz iridotsikliti organizmida umumiy immuniteti bor
bemorda paydo boisa, u asta-sekin rivojlanib rangdor pardada tuguncha (116-rasm) va juda quyuq katta-katta priyetsipitlar bilan
koʻrinish beradi. Tugunchalar qizgʻish-sariq boʻlib, ular atrofida difTuz
shish ham paydo boʻladi. Bir hafta — 10 kun ichida ular soʻrilib ketib,
oʻmida va atrofida yanayangilari chiqaveradi va shu tariqa simmkali
uzoq davom etaveradi. Lekin sil iridotsiklitinin ikkala xilida ham qalin
pretsepitatlar, ekssudat boʻlib, yopishqoqlik (sinexiya, seklyiiziolar)
kuchli boladi. Ikkala koʻz ham navbatma-navbat kasallanaveradi.
Bunda toʻgʻri diagnoz qoʻyish va davolash ishlarini puxta olib borish
zarur. Koʻz kasalliklarining ogʻir oʻtishini va oʻz vaqtida toʻgʻri
davolanmasa odamni ojizlikka olib borishini inobatga olib,
respublikamizning hamma viloyatlari va hududlarida tuberkulyoz
dispanserlari faoliyat koʻrsatib kelayapti.
Toksoplazmoz iridotsiklitlari koʻpincha toksoplazmozning hayotda
yuqtirilgan turi bilan kasallangan odamlarda ham uchraydi.
Toksoplazmalar qonga yoki koʻzga tushganda shox parda, rangdor
parda va kipriksimon tananing oʻtkir yalligʻlanishi, koʻzda yoshlanish,
ogʻriq berish va perikorneal inʼektsiya bilan boshlanib, rangdor
pardadagi tugunchalar yoki diffiiz yopishqoq yalligʻlanish tezlik bilan
kipriksimon tanaga oʻtadi va proliferativ jarayon boshlanadi va juda
ogʻir davom etadi. Choʻkma donachalar yuzaga kelib, koʻkimtir
sargʻish ekssudat qorachiqni bekitib qoʻyadi va ikkilamchi glaukoma
kelib chiqadi. Baʼzan yiring shishasimon tanaga oʻtib endoftalmit yoki
panoftalmit berib, 3-4 hafta ichida koʻz xira tortib qoladi. Yalligʻlanish
jarayoni shu tariqa surunkali davom etib, ikkinchi koʻzni ham kasalga
chalintiradi. Bunday bemorlarning koʻz ichi suyuqligidan
toksoplazmani topish mumkin. Koʻz yaqin atrofidagi limfa bezlari
dagʻallanib kattalashadi va ogʻriqli boʻladi. Diagnoz, difTerentsial
diagnoz qoʻyish uchun anamnezning ham roli katta. Bemorning
qaynamagan sut isteʼmol qilishi, pishmagan qiymadan tatib koʻrishi,
qushxonada ishlashi yoki kasal mol, kuchuk, mushukni boqishi,
shaxsiy gigiyenaga eʼtibor bermasligi va boshqalar bu kasallikni
yuqtirishga sabab boʻladi. Diagnozni aniqlash uchim laboratoriya usullaridan RSK, teri
ichiga toksoplazmoz zardobini yuborish, allergik reaksiyasi ham
yordam beradi. Toʻgʻri tashxis qoʻyib davolash qancha erta
boshlansa, u shunchalik taʼsirchan boiadi.
Koʻz toksoplazmozini davolash usulining oʻziga xos tomonlari
bor: bunda xloridin (tindurin) ning 0,025 mg ni 5 kun davomida
kuniga 2 mahal va sulfadimezinni 0,5 yoki 1,0 g dan 7 kun davomida
kuniga 4 mahaldan ichirish zarur. Davolashning bir kursi 3-4
shunday tsikldan iborat, tsikllar orasi esa 10-15 kun bo4ladi.
Aminoxinolni 0,1-0,5 g dan 3 mahal va sulfadimezinni 0,5 g dan 3-4
mahal ichiriladi. Bunda ham tsikllar 7-8 kun oralatib 2-3 marta
qaytariladi. Agar birorta bemorda shu dorilarga nisbatan sezgirlik
(allergiya) oshgan boʻlsa, unda tsiklni maʼlum vaqtga toʻxtatib, keyin
davom ettirish yoki tsikl oralarini uzaytirish tavsiya etiladi. Koʻzga
simptomatik dorilardan etazol yoki norsulfazolning 1 % li eritmasidan
elektroforez, Filatov toʻqima stimulyatorlaridan ham sanchib
qoʻllash mumkin.
Zaxm — sifilisdan rauyoo bo4adigan iridotsiklitlar zaxmning
ikkinchi davrida rangdor parda qorachigʻi poyasidan kengaygan qon
tomirlarning chegaralangan qizgʻish manbai (ochag) paydo boʻlib,
4-5 kundan so4ng ular so4rilib koʻrinmay ketadi. Shuningdek bir oz
qizarib shishgan rangdor pardaning shu joyida papula paydo boʻlishi
mumkin. Bu kichkina sargʻish-qizil shish shaklida boAladi. Baʼzida
tsiliar gardishi ham bir necha shunga oʻxshash papulalar paydo
boʻlishi mumkin. Qorachiqning qirrasi va yonidagi stromasi gavharga
yopishib, plastik sinexiyalar paydo qiladi. Papulalar soʻrilgach,
oʻmida atrofik mayda dogʻlar qoladi. Kipriksimon tana ham
yaliqʻlanganda odatdagi simptomlardan tashqari shishasimon tanada
havodagi changga oʻxshash mayda-mayda nuqtachalar paydo
boʻlganday xiralanish vujudga keladi. Koʻruv nervi diski ham
qizaradi.
Zaxmning uchinchi davrida rangdor parda, tsiliar gardishi ichki
betida sargʻishroq bir shish — gumma roʻyobga keladi (117-rasm, b).
Gummaning boshlanishi kipriksimon tananing tekis poyasidan
boʻlib, uni hozirgi vaqtda tsikloskopiya yordamida endigina paydo
boʻlganidayoq Goldman iinzasi yordamida koʻrib diagnoz qoʻyish
mumkin. Yalligʻlanish fibroz ekssudatli boʻlib, gummaning
nekrozlanib parchalangan massasi gipopion shaklida paydo boʻladi.
Rennatizm iridotsikliti oʻtkir yalligʻlanish bilan boshlanib, oʻziga
xos klinik simptomlari bilan davom etadi. Sinexiyalar qorachiqning
pigment jiyagi bilangina chegaralanib qoladi xolos. Oldi kamera
suyuqligi xiralanadi va qorachiqda jelatinga oʻxshagan fibroz eksudat
paydo boʻladi.
Rangdor parda juda kam oʻzgaradi. Koʻpincha ikki koʻzda boʻladi
va 5-6 hafta davom etib, soʻngra tuzaladi. Lekin havo oʻzgarganda,
shamollaganda qayta-qayta retsidiv berib davom etishi mumkin.
Virusli iridotsiklitlar — uchuqli yoki gripp virusidan paydo boʻlib,
asta-sekin boshlanib, seroz yalligʻlanish sifatida surunkali davom
etadi. 0 ʻzi kam uchraydi, vaqtida davolansa asoratsiz kechadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org