Irgʻiz (daryo)




Irgʻiz — Qozogʻiston Respublikasining Aqtoʻbe viloyatidagi daryo. Toʻrgʻayning oʻng irmogʻi. Uzunligi 593 km, havzasining maydoni 31,6 ming km. Mugʻojar togʻlarining sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Yozda quyi qismi qurib, suv faqat daryo oʻzanining chuqurroq qismlarida saqlanib qoladi. Irgʻizning yuqori oqimida suvi chuchuk, quyi oqimida shoʻrroq. Asosan, qordan toʻyinadi. Quyilish joyida oʻrtacha yillik suv sarfi 7,56 m/sek. Noyabrda muzlab aprelning ikkinchi yarmida muzdan boʻshaydi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz