Irene Kharisma Sukandar




Irene Kharisma Sukandar (1992-yil 7-aprelda tugʻilgan) — indoneziyalik shaxmatchi. U ayol grossmeyster (WGM) va xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvonlariga erishgan, Indoneziyalik birinchi ayol shaxmatchidir. U Gunadarma universitetini tamomlagan. U 2013-yilda Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida ikkita oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Faoliyati




Sukandar 2006-yildan 2010-yilgacha shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Indoneziya chempionatida, qatorasiga toʻrt marta gʻolib chiqqan. U 2004—2014-yillarda beshta ayollar shaxmat olimpiadalarida, 2009-yilda ayollar oʻrtasidagi jamoaviy Osiyo chempionatida, 2007-yilda 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon shaxmat olimpiadasida, 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida va 2009-yilgi Osiyo oʻyinlarida Indoneziyani himoya qilgan. 2004-yilda 36-shaxmat olimpiadasida 3-bortda yakka tartibda kumush medal, blits-shaxmat boʻyicha jamoaviy bahsda bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Sukandar 2005-yil iyun oyida Tailandning Pattaya shahrida shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan, „Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi“ chempionatning 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida gʻolib boʻldi. U 2006-yilda Jakartada oʻtkazilgan „Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi“ chempionatida, 18 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida birinchi oʻrinni egalladi.

2008-yilning mart oyida Sukandar Ukrainaning Xarkov shahrida oʻtkazilgan „Rektor kubogi“ning ayollar oʻrtasidagi bahsida, ukrainalik shaxmatchi Galina Breslavskani tay-breykda magʻlub etdi. 2010-yil iyul oyida Sukandar „Bruney Invitational IM“ turnirida Hindiston tashqi ishlar vaziri Ramnath Bhuvanesh bilan birinchi oʻrinni egaladi va Xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvonini qoʻlga kiritdi.

2012-yili Vetnamning Xoshimin shahrida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi. Ushbu gʻalaba tufayli, u 2014-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi va bu huquqni qoʻlga kiritgan birinchi indoneziyalik boʻldi.

2013-yilning may oyida Sukandar Gretsiyaning Xalkidiki shahrida boʻlib oʻtgan, „Buyuk Aleksandr“ ochiq chempionatida gʻolib chiqdi. 2013-yil dekabr oyida u Myanmaning Neypido shahrida boʻlib oʻtgan, 2013-yilgi Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida tezkor va blits-shaxmat boʻyicha ikkita shaxsiy oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2014-yilda Sukandar oʻsha yili Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida oʻtkazilgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi bor gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ushbu gʻalaba unga 2016-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining finaliga yoʻl olchdi.

U 2015-yilgi Moskva ochiq chempionatining G boʻlimida (talaba qizlar oʻrtasida oʻn nafar oʻyinchidan iborat davra turniri) 7,5/9 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallagan, Alina Kashlinskayadan ikki ochko oldinda gʻolib chiqdi.

2016-yilda u Virginia shtatining Herndon shahrida boʻlib oʻtgan „Continental Class chempionati“ning Master boʻlimida Julio Catalino Sadorra, Sergey Erenburg va Priyadharshan Kannappan bilan birinchi oʻrinni egalladi.

2018-yilda u 5,5/9 ball toʻplagan holda „Doeberl Cup“ musobaqasining eng yaxshi ayol shaxmatchisi boʻldi. 2018-yil noyabr oyida u 7,5/9 ball toʻplagan holda 2018-yilgi „Hjorth Open“ turnirida gʻolib chiqdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz