Irena Lipene




Irena Yuozo Lipiene (1939.25.12, Kaunas) — rassom, vitrajchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Vilnyus badiiy institutini tugatgan (1965). Oʻz ijodi bilan respublika mahobatli bezak sanʼati rivojiga hissa qoʻshdi. "Shamollar guli" (1984, Toshkent teleminorasidagi "Koinot" restoranining sharq zalida), "Yonish" (1986, Qoʻqon musiqali drama teatri-da) va boshqa kompozitsiyali vitrajlar, chiroqdonlar, qandillar (Toshkent metropolitenining "Mustaqillik maydoni", "Hamid Olimjon", "Pushkin" bekatlarida), "Quyoshga madhiya", "Oy", "Sayyoralar paradi" (1987, Toshkent viloyati "Kuyosh" ilmiy ishlab chiqarish bir-lashmasida) va boshqa asarlar muallifi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz