Irem Helvaciog'lu




Irem Helvaciog'lu 1990-yil 2-fevralda tug'ilgan. Turk aktrisasi. U "Sen Anlat Karadeniz" filmidagi Nefes Kaleli roli bilan tanilgan.

Ish faoliyati



Helvacıoğlu 1990-yil 2-fevralda Germaniyada tug'ilgan. Uning oilasi asli Anqaradan. Otasi turk armiyasining polkovnigi. Usmonlilar imperiyasi davrida bobosi Albaniyaning Saloniki shahridan ko'chib kelgan. Irem Mujdat Gezen san'at markazida aktyorlik saboqlarini oladi. 11 yoshida sahnadagi ilk rolini o'ynaydi. 2014-yilda kinodagi ilk rolini Aşkın Dili filmida ijro etadi. Televideniyedagi debyutini Behzat Ç teleserialida ikkinchi darajali roli bilan boshlagan. Keyinchalik Muhteşem Yüzyıl, Kurtlar Vadisi Pusu va Güneşin Qizlari kabi mashhur seriallarda mahorat bilan rol ijro etgan. Shu bilan birga, "Organik Aşk Hikâyeleri", "Babasi ", "Kızım va Ben" filmlarida bosh rollar bilan kinodagi faoliyatini muvoffaqiyatli davom ettirib kelmoqda. 2016-yilda No:309 serialda Pelin Su obrazini jonlantirgan. "Sen Anlat Karadeniz" teleserialida birinchi bosh rol sifatida o'ynaydi. Bu roli uchun Ulash Tuna Astepe bilan "Eng yaxshi telejuftlik" sifatida "Oltin kapalak" mukofotini qo'lga kiritadi. 2020-yilda u "Seni Çok Bekledim" serialida bosh qahramon rolini o‘ynagan va Ayliz obrazini jonlantirgan. 2021-yilda Helvaciog‘li “Bash Belasi” romantik komediyasida Seçkin O‘zdemir bilan birga bosh qahramon sifatida rol ijro etadi. Filmda jinoyat psixolog doktori İpek Gümüşçü rolini o‘ynaydi. 2022-yilda u Engin Akyürek bilan Disney+ platformasida Kaçış seriali bosh qahramon sifatida o'ynashadi.

Filmografiya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz