IRAKLIY (575-641) – Vizantiya imperatori (610 yildan). Karfagen ekzarxi (noibi)ning o’g’li. Irakliy Foka (?— 610) ni taxtdan ag’darib hokimiyatni egallagan. Irakliy 626 yil avarlar va slavyanlarning Konstantinopolga qilgan hujumini qaytargan. Irakliy saltanat sharqidagi forslar bosib olgan yerlarni qaytarib olgan (627-628), lekin bu yerlarni arablar bosqinidan saqlab qololmagan (630-yillar).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish