Irakli Klimiashvili




Irakli Klimiashvili (gruzincha: ირაკლი კლიმიაშვილი) — gurjistonlik futbolchi. 2000-yillarning oxirida Gurjiston milliy terma jamoa aʼzosi boʻlgan. 2011—2012-yillarda Paxtakor futbol klubida oʻynagan.

Karyerasi



Gurjiston jamoalaridan biri — WIT Georgia jamoasida tarbiyalangan.

2005-yilda asosiy jamoaga koʻtarildi. 2009-yilda Oliy ligada yuqori oʻrinni qoʻlga kiritdi. Klimishvili oʻz klubining asosiy oʻyinchisi boʻlib, U21 jamoasi tomonidan muntazam ravishda chaqirilgan.

U milliy terma jamoasi uchun debyutini 2008-yil 27-mayda Estoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida zaxira oʻyinchisi sifatida oʻtkazdi. Keyinchalik yana toʻrtta uchrashuvda, shu jumladan Chernogoriyaga qarshi UEFA Jahon chempionati saralash oʻyinida ishtirok etdi.

2013-yilda Latviyaning Skonto Riga jamoasiga qoʻshildi. Ushbu mavsumda liga va Kubok musobaqalarida 2-oʻrinni egalladi.

2018-yildan beri Gruziya ikkinchi divizionida oʻynaydi.

Sharaflar



Umaglesi Liga

David Kipiani Kubogi

Gurjiston Superkubogi

Oʻzbekiston Kubogi

Latviya Virsliga

Latviya Kubogi

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz