Iqtisodiy siklllar
Iqtisodiy sikllar Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib oʻtib, oʻzining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadat oʻtgan davr tushuniladi.¹
Ko‘pchilik iqtisodchilar iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish nazariyasibilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikltabiatining o‘ziesa munozarali va kam o‘rganilgan muammolardan biri ekanligini taʼkidlaydi.² Iqtisodiy sikl milliy iqtisodiyotningbir inqiroz boshlangandan keyingi inqiroz boshlangunchadavrdagi harakat shaklidir.
Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy vatadrijiy bosqichlarni iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi chuqur o‘zgarishlarni aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl fazalari. Iqtisodiy sikl toʻrtta fazadan iborat.
Siklni keltirib chiqaruvchi sabablar. Iqtisodiy siklning kelib chiqishini faqat tashqi yoki ichki omillarga bogʻlovchi qarashlar mavjud boʻlib, ular fanda
eksternal va
internal nazariyalar deb nomlanadi.
Eksternal nazariya da tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Ularning asosiylari quyidagilar;
Internal nazariya siklni iqtisodiy tizimning oʻziga xos ichki omillari tugʻdiradideb hisoblaydi. Bu omillar quyidagilar;
Siklarning asosiy turlari. Kitchen sikli -zaxiralar sikli deb nomlanadi. Moliyaviy va tovar zaxiralari harakatida sotish narxlarini tahlil qilib qisqa toʻlqinlar (2-4 yil) tadqiq qilinadi.
Jyuglar sikli - investitsion sikl, biznes sikli, sanoat sikli, oʻrtacha sikl va katta sikl deb ham nomlanadi. Bu sikl 7-12 yil davom etadi.
Kuznes sikli -(„qurilish sikli“ deb ham nomlanadi). S.Kuznes milliy daromad, isteʼmol sarflari va ishlab chiqarish maqsadidagi yalpi investitsiyalarda 20 yillik davrda oʻzaro bogʻliq tebranishlar mavjud boʻlishini aniqlaydi.
Kondratev sikli -(„Uzoq toʻlqinlar“ sikli deb nomlanadi). Siklning asosiy hususiyati- texnika taraqqiyoti va tarkibiy oʻzgarishlardir. Sikl davomiyligi 40-60 yil.
Forrester sikli asosiy hususiyati; energiya va materiallar. Sikl davomiyligi: 200 yil.
Toffler sikli asosiy hususiyatlari: sivilizatsiyalarning rivojlanishi. Sikl davomiyligi; 1000-2000 yil.
Manbalar
https://www.coursehero.com/file/p3av5uq/Kopchilik-iqtisodchilar-iqtisodiy-sikllar-nazariyasi-iqtisodiy-osish-nazariyasi/
https://fayllar.org/reja-iqtisodiyotning-sikli-rivojlanishi.html
http://www.genderi.org/ozbekiston-respublikasi-oliy-va-orta-maxsus-talim-vazirligi-to-v2.html?page=286
Adabiyotlar
T.T Joʻrayev Iqtisodiyot nazariyasi
Sh. Sh. Shodmonov Iqtisodiyot nazariyasi.
¹McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 157. ²Qaralsin: Ekonomicheskaya teoriya: Uchebnik.- Izd., ispr. i dop./ Pod obщ.red. akad. V. I. Vidyapina, A. I. Dobrinina, G. P. Juravlevoy, L. S. Tarasevicha. -M.: INFRA-M,2005,465-486-b.
uz.wikipedia.org