Iqob




Iqob (ko‘pligi iqobot; sinonimlari uquba, azob, jazo, naqal) — jazolash, fiqhning eng
muhim kategoriyalaridan biri. Qonunni buzganlik uchun I. faqat sud hukmi, yaʼni imom,
qozi, odilona sud qiluvchi yoxud jamoat tartibini nazorat qiluvchi boshqa bir shaxsning
hukmi bilan qonuniy ravishda berilishi mumkin. Jazo berish xillari deyarli to‘liq suratda
johiliya davridagi kundalik huquqiy meʼyorlardan olingan. Barcha jazolar quyidagi
turlarga bo‘lingan: o‘lim jazosi, undan ko‘zlangan maqsad jamiyatni jinoyatchidan to‘liq
xalos etish; qasos oluvchi jazolar, ular ijtimoiy adolat hissini qondiriishari lozim bo‘lgan;
oldini oluvchi jazolar, ular evaziga kelajakda huquqbuzarliklar kamayishi ehtimoli
oshadi; ibratli jazolar, ular, asosan, huquqbuzarning o‘ziga taʼsir ko‘rsatib, uni
keyinchalik huquqni buzishdan qaytarishga qaratilgan. Jazolash usullariga qarab, ular
jismoniy, ozoddikdan mahrum qilish va quvgan qilish, jarimalar, jamoatchilik taʼsiri va
tavba qilish kabilarga bo‘linadi. Jazo jinoyatning og‘ir-engilligi qatiy mutanosib bo‘lmoga
lozim. Oʻlim jazosi (qatl) islomga qurol ko‘tarib chiqqanlarga, yaʼni isyon ko‘targani
uchun yoki dindan qaytish haqida vaʼzxonlik qilgani uchun berilishi mumkin. Agarda
qo‘lga tushgan jinoyatchi tavba qilsa, u holda o‘lim jazosi yengilroq jazo bilan
almashinadi. Qotil, ayniqsa talon-torojlik bilan bog‘liq qotillikka o‘lim jazosi belgilanadi.
Agarda jinoyatchi uni qo‘lga olgunlarigacha bo‘yin egab kelsa u holda uni qatl
etmaydilar, lekin u diya to‘lashi va tavba qilishi lozim bo‘ladi. Oʻlim jazosi ko‘pincha
aybdorning boshini tanasidan judo qilish yo‘li bilan amalga oshirilgan, biroq uni dorga
osish, nimtalash va b. xil usul bilan jazolash ham mumkin bo‘lgan. Hoz. vaqtda otishga
hukm qilish joriy etilgan. Er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro xiyonat o‘lim jazosining maxsus turi
— toshbo‘ron qilish (rajm) bilan jazolanadi.
Qasos oluvchi jazolar (qasos, qavad, saʼr) inson hayoti va salomatligiga yetkazilgan og‘ir
jinoyatlar: qotillik, mayib qilish, zaharlash va b. uchun beriladi. Bunday jinoyatlar uchun
jazolar, agar bu bilan yanada og‘irroq ziyon yetmaydigan bo‘lsa, talion tamoyili (ko‘zga
ko‘z) asosida beriladi. Bunday holatlarda, shuningdek qotillik yoxud yetkazilgan ziyonlar
atayin qilinmagan bo‘lsa, diya to‘lash lozim bo‘ladi. Agarda qotillik buyruq yoki
majburlash yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, qotillikni amalga oshirgan shaxs buyruq
bergan shaxsga qandaydir bog‘liq yeri bor bo‘lsa u holda buyruq bergan shaxs qotil
hisoblanadi. Agarda jinoyat biror-bir shaxsning gij-gajlashi orqali sodir etilgan bo‘lsa, u
holda qotil va gij-gijlovchi teng javobgar bo‘ladilar. Qasos oluvchi jazolar agarda jabr
ko‘rganlar yoki ularning huquqiy vorislari jinoyatchilarni afv etgan takdirda bekor
qilinishi mumkin.
Oldini oluvchi jazolar (hadd) butun jamiyatga yetkaziladigan og‘ir jinoyatlar va
huquqbuzarliklar uchun beriladi. Hadd dindan qaytganlik va isyon uchun, agarda sud
jinoyatchini qatl etishni lozim topmagan bo‘lsa beriladi. Shuningdek, diniy marosim
ko‘rsatmalarini namoyishkorona buzgani va ularni tahqirlagani; qasamxo‘rligi va og‘ir
oqibatlarga sabab bo‘lgan soxta guvohligi, huquqbuzarlik qilish uchun undagani; g‘ayri
qonuniy jinsiy aloqa qilgani, agarda ular o‘zaro nikoxda bo‘lmasalar; voyaga
yetmaganlarni zo‘rlagani, ichkilikbozligi, ichkilik va qimorbozlikka o‘rgatgani; firibgarligi
va shunga o‘xshash boshqa huquqbuzarliklar uchun beriladi. Hadd jazosi — qamchin yoki
kaltak bilan 40 tadan 100 tagacha urish bilan amalga oshiriladi. Aybdor o‘lib qolmasligi
uchun jazo ijrosi bir necha xil usulda amalga oshirilishi mumkin. Sud qaroriga ko‘ra hadd
qo‘shimcha mikdorda kaltaklash, jarima, ozodlikdan mahrum qilish va mahalliy
udumlarda ko‘zda tutilgan boshqa jazolar bilan yanada qattiqroq bo‘lishi mumkin.
Ibratli jazolar (taʼzir) hokimiyatga bo‘ysunmaganlik, jamoat tartibini buzganlik, atayin
birovning mulkidan foydalanganlik, mayda firibgarlik, savdo qoidalarini buzganlik va b.
uncha katta bo‘lmagan huquqbuzarliklar uchun beriladi. Taʼzir -qamchin bilan savalash
yoki kaltak bilan urish (5 tadan 39 tagacha), yoxud olti oygacha qamoq yoki uy
qamog‘ida saqlash, yoki jamoatchilik o‘giti yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bozorda qilingan
o‘g‘irlik, agarda u jabrlanuvchiga katta moddiy zarar keltirmagan bo‘lsa, bir necha marta
kaltak bilan urishga hukm qilinishi yoki umuman kechirib yuborilishi mumkin. Agarda
o‘g‘irlik malakali xarakterga ega bo‘lsa, o‘g‘riga nisbatan hadd belgilanadi. Qayta o‘g‘irlik
qilish chap qo‘l panjalarini chopish bilan jazolangan.
Yuqorida zikr etilgan choralardan tashqari, mansabdor shaxs tomonidan qilingan jinoyat
uchun uning mol-mulki musodara qilinishi mumkin. Har qanday hadd jazosiga o‘sha
zahoti taʼzir jazosi ham qo‘llanishi mumkin, bundan tashqari u barcha jazo turlari
doirasida ham ogirroq jazolanishi mumkin. Har qanday jazo huquqbuzarning qilgan
ishiga afsuslanishiga mo‘ljallangan. Agarda u qaysarlik qilsa, jazo qayta berilishi
mumkin. Agarda u tavba qilsa, kafforat amallarini qilishi lozim bo‘ladi, uni sud belgilaydi
(ikki oygacha ro‘za tutib berish, uzoq vaqt jinsiy aloqadan saqlanish, ahd bo‘yicha haj
qilish, bir kulni ozod qilishi yoki sotib olishi lozimligi, katta mikdorda sadaqa berishi va
b.)- Sud tomonidan belgilangan talablar bajarilgach, kishi g‘usl qilmoga lozim bo‘ladi va
shu paytdan eʼtiboran u yana qaytadan jamiyatning odatdagi aʼzosiga aylanadi.
Jazoni belgalashdagi katta erkinlik sudga aybdorning shaxsiga nisbatan, ham uning
aybini eʼtiborga olgan holda, ham unga nisbatan eng munosib jazo berishni ko‘zda
tutgan holda tabaqaviy yondashish imkonini beradi. Umuman olganda har qaysi
musulmon, agarda uning aybi isbotlansa, har qanaqa jazoga tortilishi mumkin. Biroq sud
uning madaniy darajasi va ijtimoiy ahvolini hisobga olishi shart va shunday jazoni
tanlashi kerakki, u eng samarador bo‘lgani hodda ortiqcha qattiq ham, tahqirlovchi ham
bo‘lmasin.
Huquqbuzarlik uchun javobgarlik insonning umumiy huquqiy qobiliyati shakllaridan
biridir va shunga ko‘ra barcha huquqiy qobiliyatlar (mas., yosh bolalar va aqli zaiflar)
jazoga tortilmaydilar, qullar, ayollar va b. to‘liq huquqqa ega bo‘lmaganlarga erkin
musulmon erkakka beriladigan jazoning yarmi beriladi. Jazoni teng yarmiga bo‘lishni
imkoni bo‘lmagan holatlarda (mas., o‘lim jazosi), qul xuddi erkin kishi kabi jazoga
tortiladi. Agarda jinoyatchi g‘ayridin bo‘lib, uning jinoyati qaysi dindaligi bilan mutlaqo
bog‘lanmagan bo‘lsa, u xuddi musulmon kabi jazolanadi; tabiiyki u tavba qilishdan ozod
etiladi, albatta, buning o‘rniga unga jarima to‘lash yuklatilishi mumkin. Hoz. vaqtda
jazoning barcha turlari shaklan saqlanib qolgan, biroq eng rivojlangan mamlakatlar
qonunchilik idoralari tomonvdan qabul qilingan jazo turlari, yaʼni qamoqqa olish va
majburiy mehnatga jalb etish, jarimalar va jamoatchilik o‘giti kabilar afzal ko‘rilmoqda.

Adabiyotlar



ISLOM ENSIKLOPEDIYASI

Davlat ilmiy nashriyoti, 2004

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz