Iqboljon Xoldarov
Iqboljon Baxodirjon oʻgʻli Xoldorov (inglizcha: Ikboljon Kholdarov; 1997-yil, Andijon, Oʻzbekiston) — oʻzbek bokschisi.
Faoliyati
Osiyo chempionati 2017
Iqboljon 2017-yilda Toshkentda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashdi. U yarim finalda Oʻzbekistonning boksdagi raqobatchisi Qozogʻistonlik Bekdavlat Ibrohimov qarshi ringga chiqdi. Jang ancha murosasiz ruhda boʻlib ochkolar boʻyicha Xoldorxonov gʻalaba qozondi. Finalda esa Mogʻulistonlik bokschi Battarsux Chinzorig qarshi rinnga chiqdi. Jang davomida katta ustinlikka erishgan xolda yakunda Iqboljon raqiini magʻlub etdi va Osiyo chempioniga aylandi. Bu Iqboljonning xalqaro darjadagi ilk katta yutugʻi edi.
Jahon chempionati 2017
Shu tariqa 2017-yili Gamburgda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. U yerda, ilk jangida kolumbiyalik bokschi Jon Gutierrezni ochkolar hisobidan 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Chorak finalda Xoldorov asosiy favorit hisoblangan nemis-arman bokschisi Artem Xarutyunyan bilan uchrashdi. Ammo o‘zbekistonlik bokschi bu jangda barchani hayratda qoldirdi va hakamlarning bahosiga koʻra 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Xoldorov bu jangda raqibiga nisbatan odatdagidan faolroq va koʻproq zarba berdi. Iqboljon jang davomida kuchli zarbasi bilan Harutyunyanni bir marta yerga yiqitgan xolda nokdaun xolatiga tushirdi. Yarim finalda Xoldorov amerikalik boks ustasi Freydis Roxasga qarshi jang qildi va ochkolar bo‘yicha yaqqol g‘alaba qozondi. Finalda esa Kubalik mahoratli bokschi Endi Kruz Gomesga magʻlub boʻldi va kumush medal egasiga aylandi.
Osiyo oʻyinlari 2018
Iqboljonning muvaffaqiyatli yurishlari navbatdagi yilda ham davom etdi. 2018-yil Indoneziyada oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlari turnirida ham finalgacha yetib borishga erishdi. U bu yoʻlda bir qator kuchli raqiblarni magʻlub etdi. Finalda esa mo‘g‘ulistonlik Batarsuk Chinzorigga qarshi ringga koʻtarilib, raqibini magʻlub etdi va Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi.
Professional boks
U professional boksdagi ilk debyutini 2021-yil 3-aprelda „Humo“ sport arenasida oʻtkazgan. Ringda tanzaniyalik bokschi Kulva Bushiriga qarshi jang olib bordi. Debyut muvaffaqiyatli boʻlib, 2-raundayoq raqaibini nokautga uchratdi. Bugungi kunda professional boksda 5 ta jang oʻtkazib (3 ta nokaut) barchasida gʻalaba qozongan.
Yutuqlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org