IQBOL MIRZO (taxallusi; asl nomi Mirzaaliyev Iqboljon) (1967.1.5, Bag’dod tumani Qo’shtegirmon qishlog’i) — O’zbekiston xalq shoiri (2005). Fargona pedagogika institutining o’zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1991). “O’zbekiston tabiati” (1991), “Vatan” gazetasida bo’lim boshlig’i (1992), mas’ul kotib (1993— 94), O’zteleradiokompaniyada katta muharrir (1996), direktor o’rinbosari (1997), “Assalom, O’zbekiston!”studiyasining bosh muharriri (1998 yildan). Dastlabki she’riy to’plami — “yurakning shakli” (1993). Keyinchalik “Ko’ngil” (1993), “seni sog’inaman” (1994), “meni eslaysanmi” (2000), “tanlangan she’rlar” (2002), “Qo’shiqlarim” (2004) kabi she’riy asarlari nashr etilgan. She’rlari o’ziga xos nozik tuyg’ular, milliy bo’yokdar, O’zbekona ohang va falsafa bilan yo’g’rilgan. Ko’plab she’rlari tanikdi xonandalar tomonilan kuylanadi. “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan (1999).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish