Iqbol Boboxonov




Iqbol Normatovich Boboxonov (ruscha: Бобохонов, Икболжон Норматович; 19-mart, 1989-yil, Fargʻona) – Oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi pozitsiyada oʻynagan. 2010-yilgi Osiyo oʻyinlari ishtirokchisi va faoliyatini asosiy qismini Fargʻonaning „Neftchi“ klubida oʻtkazgan.

Futbolchilik faoliyati



Futbolchilik faoliyatini Fargʻonaning „Neftchi“ klubida boshlagan. 2012-yilig mavsumda Neftchi klubi safida AFC kubogida qatnashgan. 2015-yilgi mavsumda Muborakning „Mash’al“ klubi safiga oʻtgan. Muborak jamoasi safida yarim mavsum davomida oʻynaganidan soʻng, yozgi transfer oynasida „Andijon“ klubi safiga oʻtgan. Andijon klubi safida 2016-yilning soʻnggiga qadar oʻynagan. 2016-yilgi mavsum soʻnggida Malayziyaning „Armed Forces F. C.“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2018-yilgi mavsumda Bangladeshning „Arambagh KS“ jamoasi safiga oʻtgan. 2021-yilgi mavsumda Oʻzbekistonga qaytgan va Istiqlol jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz