Ipoteka-bank




Ipoteka bank — Oʻzbekistonning davlat ulushi ishtirokidagi universal bankdir. Ipoteka-bank O'zbekiston bank tizimida jami aktivlari bo'yicha 9 foiz ulush bilan 5-pozitsiyada joylashgan.Ipoteka-bank ipoteka kreditlari berish va uy-joy qurilishini moliyalash boʻyicha yetarli tajribaga ega bank hisoblanadi.

Bank yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni qabul qiladi, kreditlar beradi, Oʻzbekiston va xorijga pul oʻtkazmalari xizmatlarini koʻrsatadi. Bank 39 ta filial va 400 dan ortiq xizmat koʻrsatish nuqtalari orqali 1,2 milliondan ortiq korporativ va chakana mijozlarga xizmat koʻrsatadi.

Oʻzbekiston hukumati bank aksiyalarining asosiy qismiga egalik qiladi va tarixan kapital kiritish, moliyalashtirish va davlat kafolatlari orqali qoʻllab-quvvatlab kelgan. Ipoteka-bank Xalqaro moliya korporatsiasi (XMK) bilan birgalikda horijiy korporativ boshqaruvni joriy qilgan. Bank nufuzli institutsional investorlardan kapital jalb qilish bo'yicha tajribaga ega va davlat tomonidan strategik investorga xususiylashtirilishi rejalashtirilgan.

Bank tarixi



1996-yil uy-joy bilan taʼminlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida tashkil „Toshkent uy-joy jamgʻarma banki“ etiladi. 1997-yilda uy-joy fondini moliyalashtirishni butun Oʻzbekiston miqyosida ommalashtirish maqsadida „Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki“ tashkil etiladi. 2005-yilga kelib Oʻzbekiston „Uy-joy jamgʻarma banki“ hamda „Zamin-bank“i bilan oʻzaro birlashtirilishi natijasida Oʻzbekistondagi ilk ixtisoslashtirilgan ipoteka kreditlash banki sifatida „Ipoteka-bank“ ATB tashkil etiladi. 2007-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Ipoteka-bankiga Oʻzbekistonda aksiyadorlik tijorat banki sifatda bank va valyuta faoliyatini amalga oshirish uchun qayta rasmiylashtirgan 74-sonli litsenziyasini beradi.

Bank Moody’s reyting agentligining B1 („Barqaror“ istiqboldagi) reytingiga ega boʻlgan Oʻzbekistondagi birinchi bank hisoblanadi.

2017-yildan 2018-yilgacha Ipoteka-banki Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan bankni institutsional oʻzgartirish boʻyicha kelishuv imzolaydi. Shundan so'ng, bank XMK ekspertlari bilan keng koʻlamli transformatsiya jarayonini boshlaydi. 2019-yilda Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan Ipoteka-bankiga 35 mln. $ ekvivalentidagi bankning aksiyalariga ayirboshlanadigan kredit liniyasi ajratiladi..

2020-yilga kelib, Ipoteka-banki London Fond birjasida 300 mln. $ miqdorida xalqaro obligasiyalarini chiqaradi. Ipoteka-banki 2021-yilda yangi rivojlanish strategiyasi, biznes modelini, yangi tashkiliy tuzilmaga ega korporativ boshqaruv tizimi, risklarni boshqarish tizimi, anderrayting va turli masofaviy xizmatlarni joriy qiladi.

Shuningdek, bank Xalqaro Vena fond birjasida milliy valyutada 785 milliard soʻm (75 million $) miqdorida yevroobligatsiyalarni chiqargan.

OTPga sotish



2020-yil soʻngiga kelib OTP guruhi Oʻzbekiston hikumati bilan mamlakatdagi bank sektorini xususiylashtirish boʻyicha muloqotlarni boshlaydi. 2021-yil sentabr oyida, Vengriyaning „OTP Bank Grup“ kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan „Ipoteka-bank“ aksiyalarining asosiy ulushini sotib olish boʻyicha memorandum imzolaydi. 2022-yilning 12-dekabr kuni „Hilton Tashkent City“ mehmonxonasida Vengriyaning OTP banki O‘zbekistonning „Ipoteka-bank“ aksiyadorlik tijorat ipoteka bankini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. 2023-yil mart oyida Ipoteka banki 324 mln. AQSh dollariga sotilishi maʼlum qilinadi. 2023-yil 17-may kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan biznes-forumida OTP bank bosh direktori o‘rinbosari Laslo Vulf OTP guruhi banknk ikki hafta ichida sotib olinishini maʼlum qiladi.

2023-yil 13-iyunda bankni sotib olishning birinchi bosqichi yakunlanib, OTP Bank tomonidan Ipoteka-bankning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga tegishli aksiyalarining 73.71% sotib olinadi. Bankning qolgan 25% 3 yil ichida sotib olinishi rejalashtirilgan. Shu kundan eʼtiboran Ipoteka banki rasman OTP Guruhi aʼzosiga aylangan. OTP tomonidan sotib olingan vaqtda Ipoteka banki mamlakatdagi moliyaviy xizmatlar bozorining 7,6% qamrab olib, ushbu ulush bilan moliya sektorida eng yirik o'yinchilarning beshinchisi edi va mijozlari soni 1,5 mln. kishini tashkil etardi.

OTP Group




OTP guruhi Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasidagi yuqori rentabellik hamda barqaror kapital va likvidlik pozitsiyasiga ega bo'lgan eng tez rivojlanayotgan yetakchi bank guruhlaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyoning 12 mamlakatida 41 000 dan ortiq xodimga ega bo‘lgan guruh 17,5 milliondan ortiq mijozlarga universal moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi. Markaziy va Sharqiy Yevropa bank sektoridagi eng faol konsolidator sifatida Guruh 2000-yillarning boshidan buyon 23 ta bankni muvaffaqiyatli sotib oldi va birlashtirdi. Bank hozirda Vengriya, Bolgariya, Serbiya, Chernogoriya va Sloveniyada bozor yetakchisi hisoblanadi. OTP guruhi shtab-kvartirasi Vengriyada joylashgan bo'lib, mulkchilikning diversifikatsiyalangan va shaffof tuzilmasiga ega. Bank guruhi 1995-yildan Budapesht fond birjasida ro'yxatga olingan.

Bank menedjmenti



Bankda Aktsiyadorlar, Kuzatuv kengashi va Boshqaruvni o'z ichiga olgan korporativ boshqaruv tizimi mavjud.

Bank Kuzatuv kengashi tarkibida to'rtta xalqaro bank va moliyaviy tajribaga ega mustaqil a'zolar mavjud.

Bank Kuzatuv kengashi raisi – xalqaro bank sohasida munosib tajribaga ega mustaqil a’zo Aleksandr Piker hisoblanadi.

“Ipoteka-bank” Boshqaruvi raisi lavozimiga bank sohasida katta tajribaga ega Elyor Inomjonov 2021-yil 12-Fevralda tayinlangan.

Bank biznesi



Ipoteka-bankning biznes tuzilmasi biznesning uchta yo'nalishi: korporativ, kichik va chakana biznes yo'nalishlari bo'yicha tashkil etilgan.

Bankning asosiy faoliyatiga kreditlash, chakana xizmatlar, qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar, chet el valyutalari bilan operatsiyalar va savdoni moliyalashtirish kabilar kiradi.

Ipoteka-bank, XMK bilan uch yillik transformatsiya davomida, yangi biznes modelini yaratdi va an'anaviy kommunikatsiyalarni mijozlarga yo'naltirilgan innovatsion tizim bilan almashtirdi.

Bank reytinglari



Ipoteka-bank uchta yirik reyting agentliklarining quyidagi uzoq muddatli reytinglariga ega:

Fitch Ratings reyting agentligining "BB‑" darajadagi istiqboli Barqaror reytingi,

Moody’s reyting agentligining "B1" darajadagi istiqboli Ijobiy reytingi,

S&P Global reyting agentligining "BB‑" darajadagi istiqboli Barqaror reytingi.

Bank aksiyadorlari



2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, aksiyadorlarning Ipoteka-bank ustav kapitalidagi ulushi quyidagicha:

Ipoteka-bankning asosiy aksiyadori Oʻzbekiston hukumati tomonidan boshqariladigan Moliya vazirligi boʻlib, bankning ovoz beruvchi aksiyalarining 93,7 foiz ulushiga egalik qiladi. Bankning qolgan aksiyalari yuridik va jismoniy shaxs investorlar orasida taqsimlangan.

Bank sho'ba korxonalari



2022-yil 1-yanvar holatiga “Ipoteka-bank” ishtirok etgan shoʻba korxona va jamiyatlardagi ulushi quyidagicha:

Bank mukofotlari




Rasmiy ilovasi



Bankning rasmiy ilovasi - Ipoteka Mobile, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz