Ipomoea batatas




Batat , shirin kartoshka (Ipomoea batatas) — pechakdoshlarga mansub, koʻp yillik issiqsevar oʻsimlik. Vatani Meksika va Markaziy Amerika. Oziq-ovqat sifatida konserva, kraxmal-qiyom va spirt sanoatida ishlatiladi. Qadimdan Xitoyda ham ekib kelingan. Yaponiya, AQSH, Ispaniya, Hindiston va 5. mamlakatlarda ekiladi, shuningdek Zakavkazye, Oʻrta Osiyo (Turkmaniston, Tojikiston)da oʻstiriladi. Hosildorligi 200 — 300 s/ga. B. kartoshkasi qalamchasidan koʻpaytiriladi. Fev.—mart oylarida issiqxonalarda kartoshkasidan chiqqan oʻsimtalardan qalamcha tayyorlab, parniklarda ildiz ottiriladi. Koʻchatlari may oyida qator orasini 70 — 80 sm, qatordagi tup orasini 30 — 40 sm qilib oʻtqaziladi. Koʻchat atrofi yumshatilib, oʻgʻitlab turiladi, 12—14-marta sugʻoriladi. Sentyabr— oktyabr oylarida palagi oʻrilib, keyin kartoshkasi kavlab olinadi. Palagi (koʻk holida, quritilgani, siloslangani) chorva uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz