Ipak qurti zararkunandalari




Ipak qurti zararkunandalari — ipak qurtiga shikayet yetkazadigan zararkunandalar. Koʻpincha, hasharot (chumoli, ari, kora chigirtka, pashshalar va b.), qurbaqa, ilon, sichqon , qush va b. qurtlarni yeb ketishi, jarohatlashi va yuqumli kasalliklar tarqatishi bilan pilla yetishtirishga katta ziyon yet-kazadi. Ipak qurtlarini chumolidan saklash uchun soʻkchaklar oyogʻiga qoramoy surkaladi, namakobli latta oʻraladi yoki xantal kukuni sepiladi. Arilarga va qushlarga qarshi deraza va tuynuklarga mayda koʻzli simtoʻr tutiladi. Pashshalar (taxin pashshasi) ipak qurtida turli kasalliklarni tarqatishi mumkin. Qurbaqa kirmasligi uchun qurtxona ostonasi baland qilib ishlanadi. Sichqon ini sement yoki shisha parchalari qoʻshilgan loy bilan suvaladi, qopqon qoʻyiladi va zaharli xoʻrak sochil adi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz