Ip Chung Long
Ip Chung Long (talaffuzi: Ip Chung Long) (1989-yil 16-noyabrda tugʻilgan)—hongkonglik sobiq professional futbolchi. Hozirda Ip Chung Long politsiyachidir. Shuningdek, Ip Chung Long hozirgi vaqtda „South China“ futbol klubining havaskor futbolchisi hisoblanadi.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Kitchee
2007—2008-yilgi mavsumni Ip Chung Long „Kitchee“ futbol klubi tarkibida oʻtkazdi. Ip Chung Long klub bilan birgalikda 3 ta liga va 1 ta Hongkong liga kubogida oʻyin oʻtkazdi. Qitʼa kubogi uchun bahslarda Ip Chung Long „Kitchee“ futbol klubi safida 6ta oʻyinning 5tasida maydonga tushdi va 1ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Rangers
Ip Chung Long 2011—2012-yilgi mavsum boshida („Kitchee“ va „Tai Chung“ futbol klublarida 5 mavsumni oʻtkazgandan soʻng) „Rangers“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Ip Chung Longga 8-raqamli futbolka berildi.
Ip Chung Long „Rangers“ futbol klubi safidagi ilk oʻyinini „Pegasus“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Ip Chung Long klub safida liga doirasidagi jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. Biroq birorta ham oʻyinda gol ura olmadi.
Southern
Ip Chung Long „Rangers“ futbol klubida bir mavsum oʻtkazgandan soʻng, „Southern“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi.
Yuen Long
2017-yil 29-iyunda Ip Chung Long ikkinchi marta „Yuen Long“ futbol klubiga qaytish uchun shartnoma imzoladi.
2018-yil 13-maydagi mavsumning so‘nggi o‘yinidan so‘ng Ip Chung Long professional futbolni tark etdi va Gonkong politsiyasiga qo‘shildi.
South China
2020-yil 12-yanvarda Ip Chung Long 'South China" futbol klubi tarkibiga havaskor futbolchi sifatida qoʻshildi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org