Iosef Yusupov
Iosef Yusupov - amerikalik dekor dizayneri 2014-yil Rossiyaning Sochi shahrida bo'lib o'tgan Qishki Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida Jorj Tsipin ijodiy jamoasining sahna dizaynerlarining asosoiy javobgar ishchisi edi. Hozirda Qo'shma Shtatlarda istiqomat qiladi. U Nyu-York shahrida ko'plab shoular uchun saxna dizaynini (spektakllar, operalar va televidenie) yaratgan va sahna rassomi sifatida kinofilmlarda ham ishlagan. Uning qurgan to'plamlari 2D material bilan 3D illyuziyani yaratadi va shu bilan ko'pchilikning e'tiboriga tushdi.
Tarjimayi holi
Yusupov Marokashda tug'ilgan ravvin Yosef ben Moshe Mammon (Maymon) Maravining avlodi Ifraim Koen-Yusupovning O'zbekistonning Samarqand shahrida tug'ilgan besh farzandining to'ng'ich o'g'li edi. Yusupov Sankt-Peterburg teatr, musiqa va kinematografiya institutini tamomlagandan so'ng, Rossiya va Sharqiy Yevropada to'plamlar dizayni bilan shug'ullanadi va turli xalqaro musobaqalarda qatnashib ko'plab mukofotlar olgan. Tojik Laxuti nomidagi akademik drama teatrida “Edip Reks” asarini yaratishda yordam bergani uchun sanʼat boʻyicha SSSR Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. Qo'shma Shtatlarga ko'chib o'tganida, Jorj Tsipin bilan uchrashgan va 1990-yildan boshlab unga yordamchisi bo'lib ishlagan. Yusupov rejissyorlardan Yefim Mayzel, Rosemary Andress va Endryu Pol kabi mashxur kishilar bilan ham ishlagan.
Teatr spektakllari
Manbalar
Tashqi havolalar
uz.wikipedia.org