Iordaniya Olimpiada oʻyinlarida




Iordaniya birinchi marta 1980-yilda Olimpia o'yinlarida qatnashgan va o'shandan beri har bir yozgi Olimpia o'yinlarida qatnashish uchun sportchilarni yuborgan. Mamlakat hech qachon Qishki Olimpia o'yinlarida ishtirok etmagan, ammo 1992-yilgi Albertvil Olimpiadasida 43 yoshli Muhammad Hadid Iordaniya uchun chang'i sportining ko'rgazmali turida qatnashgan.

Iordaniya, 2016-yilda Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarida ilk rasmiy medalini qo'lga kiritdi, o'shanda Ahmad Abughaush taekvondo bo'yicha erkaklar o'rtasida 68 kg vazn toifasidagi turnirda oltin medalni qo'lga kiritgan edi. Iordaniya, Tokio-2020 Yozgi Olimpiada oʻyinlarida taekvondo boʻyicha navbatdagi muvaffaqiyati bilan ikkinchi rasmiy medallini qoʻlga kiritdi, chunki Saleh Al-Sharabaty 80 kg vazn toifasida kumush medallni qoʻlga kiritdi.

Samer Kamal va Ehson Abu-Shayxa 1988-yilda Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo'lib o'tgan yozgi Olimpiada o'yinlarida taekvondo bo'yicha ikkita bronza medallini qo'lga kiritdilar. Ammo, u faqat ko'rgazmali sport sifatida joriy qilingan va shuning uchun, rasmiy medallar emas.

Iordaniya Milliy Olimpia Qo'mitasi 1957-yilda tashkil etilgan va 1963-yilda Xalqaro Olimpia Qo'mitasi tomonidan tan olingan.

Iordaniya, Olimpia qo'mitasiga endi shahzoda Faysal Bin Al Husayn boshchilik qiladi.

Medall jadvallari



Yozgi o'yinlar bo'yicha medallar




Medall egalari ro'yxati




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz