IONSON



IONSON, Yunson Ooppyup) Eyvind (1900.29.7 — Boden shahri yaqinida — 1976.25.8) — shved yozuvchisi. Dastlabki novellalar to’plami — “to’rt ajnabiy” (1924). “Xotiralar” (1928) romanida Prust ia Freyd yo’lidan borgan. “Yulduzning qulashi” (1929) romani Shvesiya adabiyotida birinchi bo’lib J.Joysning “fikrlar oqimi” uslubida yozilgan. “Pamlet bilan xayrlashuv” (1930). “Bobinak” (1932), “tongdagi yomg’ir” (1933) romanlari bor. 1934-37 yillarda yozilgan 4 jildli “uluf haqida roman” asari o’smirlarga bagishlangan bo’lib, Shvetsiya adabiyotining mumtoz asari hisoblanadi. “Krilon” roman-trilogiyasi (1941-43), “qirg’oq to’lqini” (1946) romanlari ham Ionsonni mashhur qilgan. “Metagyuntustida bulutlar” (1957) romanidan so’ng Shvetsiya akademiyasiga a’zo etib saylangan. “Porloq zotning kunlari” (1960) va “qamalganlar haqida roman” (1973) asarlarida qadimgi davr vahshiylarini hozirgi zamonda o’zini madaniy hisoblaydigan kishilar bilan qiyoslagan. Nobel mukofoti laureati (1974).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz