Ion Radiuslar




Ion radiuslar — ion kristallarda yadrolararo masofalarni taxminan aniqlash uchun qoʻllaniladigan ionlarning shartli tavsiflari. Elementlar Ion radiuslarning qiymati ularning Mendeleyev davriy sistemasida joylashgan oʻrniga bogʻliq. Ulardan kristallar kimyosida turli birikmalar kristallarining tuzilish qonuniyatlarini aniqlash uchun, geokimyoviy jarayonlarda ionlarning almashinuv hodisalarini oʻrganish uchun keng foydalaniladi. Ion radiuslar qiymatining bir-biridan farqlanadigan bir nechta tizimi mavjud, ammo bu qiymatlar taxminan yaqin. Ilk bor Ion radiuslar 20-asrning 20-yillarida Norvegiya olimi Victor Moritz Goldschmidt tomonidan aniqlangan boʻlib, u ftor va kislorod ionlarining (0,133 va 0,132 nm) ref-raktometrda oʻlchangan qiymatlariga, amerikalik L. Poling tizimi kislorod ioni radiusining qabul qilingan qiymati (0,140 nm)ga asoslangan, rus olimlari N. V. Belov va G. B. Boki yillarning keng tarqalgan tizimiga koʻra, bu ion radiusi qiymati 0,136 nm, K. Shennon tizimida 0,12 nm ga teng deb qabul qilingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz