Ion almashinuvi




Ion almashinuvi — tutashgan ikki faza oraligʻida ionlarning qaytar almashinish jarayoni. Geterogen I. a. (ionlar almashinadigan sorbsiya) da eritmadagi qattiq faza — ionit sirtidagi ionlar bilan almashinadi. Bir ion, mas, N+ bilan toʻyingan ionit boshqa ionlar, mas, Na+ va Sa2+ boʻlgan eritmaga tutashganda eritma bilan ionit orasida ionlar almashinadi. Bunda eritmadagi Na+ va Sa2+ konsentratsi-yasi kamayadi va shunga ekvivalent miqdorda N+ ionlari paydo boʻladi. Geterogen I. a. dan bugʻ qozonlariga beriladigan suvni tuzsizlantirish, gidrometallurgiya, kimyo va farmatsevtika sanoatida keng foydalaniladi (qarang Ionitlar).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz