Ioffe Abram Fyodorovich




Ioffe Abram Fyodorovich [1880. 17(29). 10, Poltava gubernyasi, Romni sh. — 1960.14.10, Leningrad] — fizik olim, sobiq Ittifoq fizika maktabi asoschilaridan, yarimoʻtkazgichlarni tadqiq etishni boshlab berganlardan biri, akad. (1920). Petrograddagi Davlat rentgenologiya va radiologiya instituti (1918), Fizika-texnika instituti (1921), Fizika-agronomiya instituti (1932), Yari-moʻtkazgichlar instituti (1954) va b. institutlar I. rahbarligida tashkil qilingan.

Ilmiy ishlari qattiq jismning plastikligi, elektr oʻtkazuvchanligi masalalariga oid. I. ilmiy maktabidan qator mashhur fiziklar (A. P. Aleksandrov, L. A. Arsimovich, P. L. Kapitsa, I. V. Kurchatov va b.) yetishib chiqqan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz