Ioann Pavel II




Ioann Pavel II (Joannes Paulus) (1920.18.5, Krakov sh. yaqinidagi Vadovitse degan joy) — Rim papasi, Rim katolik cherkovi va Vatikan davlati boshligʻi. Fuqaro nomi — Karol Voytila. Temir yoʻl xizmatchisi oilasida tugilgan. 1938 yilda gimnaziyani tugatib, Krakovdagi Yagellon unti falsafa fakultetiga oʻqishga kirdi. 1946 yilda ruhoniy rut-basini qabul qildi. 1948 yil Rimdagi "Angelikum" Dominikan universitetining falsafa fakultetini tugatdi va Polshaga kaytib turli diniy lavozimlarda ishladi, diniy seminariya va universitetda dars berdi. 1964 yildan Krakov sh. arxiyepiskopi. 1967 yil iyundan kardinal. 1978 yil 16 oktyabrda Rim papasi etib saylandi va Ioann Pavel II nomini oldi. Koʻpgina adabiy, falsafiy va diniy kitoblar muallifi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz