IN’YEKTSIYA (lotincha injectum — tashlamoq) (tibbiyotda) — dori va boshqa eritmalarni organizm to’qimalari, tomirlari va bo’shliqlariga kiritish. Dori va boshqa eritmalar teri ichiga, teri ostiga, muskul orasiga, venaga, plevra va bo’g’im bo’shlig’iga, orqa miya kanaliga, arteriya ichiga, suyak ichiga yuboriladi. In’yektsiya uchun ishlatiladigan asboblar (shpris, kovakli igna va hokazolar), shuningdek, igna sanchiladigan joy sinchiklab dezinfektsiya qolinishi kerak. Dori moddalarning faqat steril eritmalari In’yektsiya qilinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish