Inversiya (biologiya)




Inversiya (biologiyada) — xromosomalarning qayta qurilishi (mutatsiya) tiplaridan biri; xromosomaning ikki nuktasidan birdaniga uzilishi va uning segmentining ichki tomonga 180° ga burilishi (invertatsiya) tufayli kelib chiqadi. Agar invertirlangan qism sentromerani (birlamchi siqiklik) oʻz ichiga olmasa, paratsentrik I., invertirlangan qism sentromerani oʻz ichiga olsa, peretsentrik I. deiiladi. I. gomologik (bir juftlikka kiruvchi) xromosomalar oʻrtasida sodir boʻladigan krossingover (oʻxshash qismlarning uzaro almashinuvi)ni qiyinlashtirishi tufayli genlar rekombinatsiyasi sonini kamaytiradi (qarang Rekombinatsiya). I. turlar evolyusiyasida ahamiyatga ega.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz