Invazion kasalliklar




Invazion kasalliklar - odam, hayvon va oʻsimliklarda eng sodda parazit jonivorlar (chuvalchang, kana va b. baʼzi boʻgʻimoyoqlilar) qoʻzgʻatadigan kasallik. Ayrim parazitlar oʻz rivojlanishining maʼlum bir bosqichida, boshqalari esa butun hayoti davomida xoʻjayin (odamda — antroponozlar, hayvonlarda — zoonozlar) organizmda parazitlik qilib I.k.ni qoʻzgʻatadi. Parazitlar xoʻjayin organizmiga zararlangan teri (aktiv) va oziq-ovqat orqali (passiv) kiradi. Odamlarda uchraydigan I.k.ga gelmintozlar, protozoozlar (qoʻzgʻatuvchisi sodda parazitlar; mas, amyobiaz), akarozlar (qoʻzgʻatuvchisi kana; qoʻtir), entomozlar (parazit hasharotlar qoʻzgʻatadigan bitli-qilik) kiradi. Asosan, askaridoz, bezgak, toksoplazmoz, trixomonoz, enterobioz va b. koʻp kuzatiladi.

Hayvonlarda uchraydigan I.k.ga gelmintozlar, protozoozlar (babezioz, konsidiozlar va b.), araxnozlar, entomozlar kiradi. I.k. chorva mahsuldorligini pasaytiradi, baʼzan hayvonlar oʻlimiga sabab boʻladi, natijada chor-vachilikka katta zarar yetkazadi.

Ayrim I.k. (trixinellyoz, sistitserkoz) odam uchun xavfli, bu kasalliklar bilan zararlangan mollar goʻshtini isteʼmol kilishga ruxsat etilmaydi.

Kurash choralari qoʻzgʻatuvchi biologiyasiga qarab tayinlanadi, turli dori-darmonlar, degelmintizatsiya, dezinseksiya, kanalarga qarshi vositalar qoʻllaniladi.

Oʻsimliklar I.k. orasida bugʻdoy nematodasi va lavlagi nematodasi qoʻzgʻatadigan kasalliklar koʻproq Tapkalgan (qarang Nematodalar).

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz