INVARIANTLAR (lotincha invarians -o’zgarmaydigan) — biror matematik ob’yekt bilan aloqador bo’lgan va ob’yektning ma’lum almashtirishlarida o’zgarishsiz qoladigan miqdorlar (kesma uzunligi, biror figuraning yuzi, ellips ekstsentriteti va boshqalar). Masalan, harakat paytida kesma uzunligi o’zgarishsiz qoladi. Figura kuchirilganda shu figura o’zgarmaydi va hokazolar. Koordinatalari x,, u, va x2, U2 bo’lgan kesma uzunligining invariantligi (algebraik nuqtai nazardan): to’g’ri burchakli koordinatalarning bir sistemasi ikkinchisiga almashtirilganda (x, — x,)2 + (u] — U2)2 ifoda o’zgarmay qoladi. Geometriyada geometrik almash- tirishlar guruhi invariantligi muhim o’rin tutadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish