Intuitivizm




Intuitivizm - falsafadagi oqim. Unga koʻra, intuitsiya bilishning yagona ishonchli vositasidir. Bu oqim tarafdorlari fikricha, intuitsiya ongning ijtimoiy amaliyot va tafakkurga aloqasi boʻlmagan alohida bir xususiyatidir. Intuitsiyani intellektga qaramaqarshi qoʻyish hayot falsafasi (fransuz faylasufi A. Bergson (1859— 1941) va b.) uchun xosdir. Rus faylasuflari S. L. Frank (1877—1950), Ye. N. Trubetskoy (1863—1920), fransuz neo-tomizmi, qisman fenomenologiya vakillari esa intuitsiya bilan intellektni birlashtirishga uringanlar.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz