Introduksiya (musiqa)




Introduksiya (lotincha: introductio - muqaddima) (musiqada) — 1) opera, balet, operetta kabi asarlarning muqaddimasi (uvertyura turi). Operada uvertyuradan soʻng ijro etilayotgan bi-rinchi vokal ansambl yoki xorning chiqishi ham I. deyiladi; 2) simfoniya, sonata, konsert singari asarlardagi 1- yoki yakuniy qism (final)ning muqaddimasi, vazmin surʼatli boʻladi. Oʻzbekiston kompozitorlarining asarlarida ham I. uchraydi. Mas, A. Kozlovskiyning "Ulugʻbek" operasi yakkaxonlar, xor va orkestr ishtirok etadigan I. bilan boshlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz