Intizom




Intizom — kishilar, jumladan, mehnat jamoasi aʼzolarining jamiyatda tarkib topgan huquq va axloq meʼyorlariga, shuningdek, biron-bir tashkilot talablariga javob beradigan muayyan xulq-atvor va oʻzini tutishga oid tartibqoidalar. I. odamlarning birgalikda yashashi va faoliyat yuriti-shini maʼlum bir tartibga solib turadi. Bunga esa mazkur ijtimoiy meʼyorlar va qonunqoidalarni oʻzlashtirish, shu bilan birga zarur boʻlganda axloqiy, huquqiy va maʼmuriy javobgarlik va jazo choralarini qoʻllanish yoʻli bilan ham erishiladi. I.ning quy-idagi turlari mavjud: ichki I. (shaxsning oʻzini-oʻzi I.lilik ruhida tar-biyalashi); hamma uchun umumiy I. (xu-susan, davlat I.i); maxsus I. — muayyan tashkilot aʼzolari yoki maʼlum toifadagi kishilar uchungina belgilangan I. (mas, mehnat I. i, harbiy I. kabi).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz