INTERPRETATSIYA



INTERPRETATSIYA (lotincha ppegrgepkyu — vositachilik) — algoritmik tillarda yozilgan dasturlarni mashina tiliga tarjima qilish usuldarilan biri. Bu usulda dasturning ayrim qismlari (mas, buyruqlar) tarjima qilinishi bilanoq bajaridali va dasturning boshqa qismlari bilan ham shu jarayon takrorlanadi. Bu usulda dasturning tarjima qilinadigan va bajariladigan qismlari ko’p marotalab bajarilishi mumkin. Bu jarayonni bajaruvchi dastur interpregator deb ataladi. Interpretatsiya usulida Interpretator — dastur algoritmning bajarilishi (masalaning yechilishi) davomida te jor xotirada saqlanadi (Interpretatsiya usulinish kamchiligi), lekin algoritmning bajarilmaydigap buyruqlari (masalan, tarmoqlapuvchi buyruqlarning bajarilmaydigan qismlari) tarjima qilinmaydi (Interpretatsiya usulining yutug’i).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz